Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik


 Telnet konfiguratsiyasini sozlash


Download 141.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana15.03.2023
Hajmi141.71 Kb.
#1270544
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jXAK13eZ39UMY9Gdyqj7eAp4u1G7LU6ulhg8LpM5

4. Telnet konfiguratsiyasini sozlash 
Kommutator telnet orqali kirishga ruxsat berishi uchun, ya’ni uzoqdan 
boshqarish uchun virtual bog‘lanish kanali (vty) ni sozlash kerak. Agar vty paroli 
qo‘yilmasa telnet orqali qurilmaga kirib bo‘lmaydi.
S1(config)# line vty 0 15  
S1(config-line)# password cisco
S1(config-line)# login
S1(config-line)# end


5. SSH konfiguratsiyasini sozlash 
SSH protokolini sozlashdan oldin kommutatorda tugunning maxsus nomini 
va tarmoq ulanishining mos keluvchi ko`rsatkichlarini ko‘rsatish lozim.
1 – qadam. SSH protokolini borligini tekshirish 
SSH protokoli borligini bilish uchun show ip ssh buyrug‘i beriladi. Agar 
kommutatorda kriptografik funksiyani qo‘llab quvvatlovchi IOS bo‘lmasa, bu 
buyruq ishlamaydi. 
2 – qadam. IP domenni sozlash 
Tarmoqning IP domenini global konfiguratsiya rejimida ip domain-name 
domen nomi yordamida ko‘rsating. 1.2 – rasmda domen nomi cisco.com qilib 
olingan.
1.2– rasm. Uzoqdagi qurilmani boshqarish uchun SSH protokolini sozlash 
 
3– qadam. RSA kalitlarini yaratish 
 
IOS ning hamma versiyalarida ham SSH ning 2 versiyasi ishlatilmaydi. SSH 
ning 1 versiyasida ma’lum zaifliklar mavjud. SSH ni sozlash uchun global 
konfiguratsiya rejimida ip ssh version 2 buyrug‘i beriladi. Juft RSA kalitlari 
yaratilganda SSH protokoli avtomatik ishga tushadi. Kommutatorda SSH serverini 


ishlatish va juft RSA kalitlarini generatsiya qilish uchun global konfiguratsiya 
rejimida crypto key generate rsa buyrug‘i kiritiladi. RSA kalitlarini yaratishda 
administratordan modulni uzunligini kiritish talab etiladi. Modulning uzunligi 
1024 bit bo‘lishi tavsiya etiladi. Uzun modul ishlatilsa xavfsiz bo‘ladi, lekin uni 
yaratishda va ishlatishda ko‘p vaqt ketadi. 
4 – qadam. Foydalanuvchining autentifikatsiyasini sozlash 
SSH-server foydalanuvchilarni lokal yoki autentifikatsiya serveri yordamida 
himoyalashi mumkin. Autentifikatsiyaning lokal usulini ishlatish uchun global 
konfiguratsiya rejimida username foydalanuvchi nomi secret password buyrug‘i 
beriladi. Foydalanuvchi uchun admin parol uchun ccna olindi. 
5 – qadam. VTY kanalini sozlash 

Download 141.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling