Laboratoriyа ishi yorug`lik qutblanish teksligini shakar eritmasida burish I. Tajribaning maqsadi


Download 74.51 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi74.51 Kb.
#1208421
  1   2
Bog'liq
12 L YORUG`LIK QUTBLANISH TEKSLIGINI ShAKAR ERITMASIDA BURISH (2) (2)


LABORATORIYА IShI


YORUG`LIK QUTBLANISH TEKSLIGINI ShAKAR ERITMASIDA BURISH

I. Tajribaning maqsadi:



  1. Qutblanish tekisligining konsentrlangan shakarli eritmada burilishini bir-biriga ko`ndalang o`rnatilgan ikki polyari­zator bilan kuzatish.

  2. Uchta turli yorug`lik ranglari uchun burish burchagini aniqlash.



II. Kerakli asbob va jixozlar:
Galogen lampa korpusi, yorug`lik filtri (tasvir siljitgichda), polyarizator, shakar eritmasi, analizator, linza, kuzatish ekrani.


III. Umumiy maьlumotlar
Optik aktivlik bir qator moddalar uchun xos bo`lib, bu moddalardan chiziqli qutblangan yorug`lik o`tganda qutblanish tekisligi buriladi. Bunday hodisa bahzi eritmalarda ham yuz beradi. Erigan moddaning molekulyar strukturasi yorug`likning o`ng aylanishli va chap aylanishli Qutblanishiga olib kelib, ular eritmada turli fazaviy tezlikda harakatlanadi. Eritmaga tushayotgan chiziqli qutblangan yorug`lik o`ng va chap aylanishli qutblangan to`lqin qismlariga ajralishi mumkin. To`lqinning ikki qismlari turli fazaviy tezlikda tarqalib, bosib o`tgan masofasiga proportsional bo`lgan fazalar farqini keltirib chiqaradi. To`lqinning ikki qismi bu masofani bosib o`tganidan so`ng, superpozitsiya natijasida yo`nalishi asl to`lqinga nisbatan burilgan chiziqli qutblangan to`lqinga aylanadi.
Burilish burchagi molekulyar strukturaga, eritmada yorug`lik yo`li davomligidagi erigan modda konsentrasiyatsiga va yorug`likning to`lqin uzunligiga bog`liq. Kuzatuvchi yorug`lik nuri tarqalishi yo`nalishiga qarama-qarshi qaraganida, yorug`likning qutblanish tekisligi soat strelkasi bo`yicha burilsa (o`ng aylanish) unga musbat qiymat beriladi. Aksincha, soat strelkasiga teskari aylanishni chap aylanish deb atashadi va unga manfiy qiymat beriladi.
Asosan har qanday optik aktiv moddada o`ng aylanishli va chap aylanishli modifikatsiyalar bo`lishi mumkin. Bu ikki modifikatsiyaning mo`ayyan aylantirish qiymati bir-biriga teng va qarama-qarshi ishoraga ega. Ikkala modifikatsiyaning aralashmasi burish burchagini kamaytiradi. Ikkala modifikatsiya teng proportsiyada bo`lgan aralashma resemat deb ataladi.
Tajribada qutblanish tekisligining burilishi bir-biriga ko`ndalang o`rnatilgan ikkita polyarizatorda kuzatiladi. Konsentrlangan eritma D(+) - suvdagi saxaroza optik aktiv modda sifatida qo`llaniladi. D(+) belgi Qutblanish tekisligini modda o`ng tomonga aylantirishini anglatadi.





  1. 1-расм. Қутбланиш текслигини шакар эритмаси билан бурилишини кузатиш учун тажриба қурилмаси.
    Galogen lampa korpusi;

  2. Yorug`lik filtri (tasvir siljitgichda);

  3. Polyarizator;

  4. Shakar eritmasi;

  5. Analizator

  6. Linza;

  7. Kuzatish ekrani.

IV. Tajriba qurilmasi


Tajriba qurilmasi 1-rasmda keltirilgan.

  • 1-rasmda keltirilganidek, kichik optik kursiga komponentlarni yig`ing, rasmda chapdagi Leybolьd mulьtiqisqi­chidan o`rinlar berilgan.

  • Polyarizatsiya filtrlarini shunday to`g`rilangki, ularning shkalasidagi belgilar kuzatish ekraniga qaragan bo`lsin va ikkalasi ham 90°ga o`rnatilsin.

  • Galogen lampa korpusini 100 Vt dan foydalanishga moslashtiring (qaytargichdan foydalaning, galogen lampa korpusidan foydalanish yo`riqnomasiga qarang).

  • Galogen lampani lampa korpusidagi (a1) sterjen yordamida to`g`rilang va optik kursidagi linzani shunday siljitingki, kuzatish ekranidagi ko`rish maydoni bir tekis yoritilsin.

  • Ko`zgusimon shisha yacheykaga 50 ml suv soling (to`lish sathi = 5 sm).

  • Ko`zgusimon shisha yacheykani prizmali stolga joylashtiring va uni kuzatish maydoniga markazlashtirib to`g`rilang.




Download 74.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling