Qutublanish tekisligini shakar eritmasi bilan burish


Download 80.8 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi80.8 Kb.
#1071142
  1   2   3

15-laboratoriya ishi.
QUTUBLANISH TEKISLIGINI SHAKAR ERITMASI BILAN BURISH.
Tajriba maqsadi: Qutblanish tekisligining konsentrlangan shakarli eritmada burilishini bir-biriga koʻndalang oʻrnatilgan ikki polyarizator bilan kuzatish. Uchta turli yorugʻlik ranglari uchun burish burchagini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: D(+)-saxaroza, 100 g (674 605) – 1ta, Galogen lampa, 12 V/100 Vt (450 63) – 1ta, Galogen lampa korpusi 12 V, 50/100 Vt (450 64) – 1ta, Galogen lampa korpusi uchun tasvir siljtgich (450 66) – 1ta, Yorugʻlik filtri, qizil (468 03) – 1ta, Yorugʻlik filtri, yashil (468 07) – 1ta, Yorugʻlik filtri, koʻk (468 11) – 1ta, Transformator 2 … 12 V (521 25) – 1ta, Koʻzgusimon shisha yacheyka 100 x100 x10 mm3 (477 20) – 1ta, Polarization filtr (472 401) – 2ta, Linza, f =+100 mm (460 03) – 1ta, Prizmali stol (460 25) – 1ta, Yarim shaffof ekran (441 53) – 1ta, Kichik optik kursi (460 43) – 1ta, Taglik asos, V-simon, 28 sm (30001) – 1ta, Leybold multiqisqichlari (301 01) – 6ta, Qoʻl sopli qoshiq (666 963) – 1ta, Koʻndalang kesimi 2.5 mm2 boʻlgan ulash simlari.
Qisqacha nazariya: Optik aktivlik bir qator moddalar uchun xos boʻlib, bu moddalardan chiziqli qutblangan yorugʻlik oʻtganda qutblanish tekisligi buriladi. Bunday hodisa ba′zi eritmalarda ham yuz beradi. Erigan moddaning molekulyar strukturasi yorugʻlikning oʻng aylanishli va chap aylanishli qutblanishiga olib kelib, ular eritmada turli fazaviy tezlikda harakatlanadi. Eritmaga tushayotgan chiziqli qutblangan yorugʻlik oʻng va chap aylanishli qutblangan toʻlqin qismlariga ajralishi mumkin. Toʻlqinning ikki qismlari turli fazaviy tezlikda tarqalib, bosib oʻtgan masofasiga proporsional boʻlgan fazalar farqini keltirib chiqaradi. Toʻlqinning ikki qismi bu masofani bosib oʻtganidan soʻng, superpozisiya natijasida yoʻnalishi asl toʻlqinga nisbatan burilgan chiziqli qutblangan toʻlqinga aylanadi.
Burilish burchagi molekulyar strukturaga, eritmada yorugʻlik yoʻli davomligidagi erigan modda konsentrasiyasiga va yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga bogʻliq. Kuzatuvchi yorugʻlik nuri tarqalishi yoʻnalishiga qarama-qarshi qaraganida, yorugʻlikning qutblanish tekisligi soat strelkasi boʻyicha burilsa (oʻng aylanish) unga musbat qiymat beriladi. Aksincha, soat strelkasiga teskari aylanishni chap aylanish deb atashadi va unga manfiy qiymat beriladi.
Asosan har qanday optik aktiv moddada oʻng aylanishli va chap aylanishli modifikasiyalar boʻlishi mumkin.
Bu ikki modifikasiyaning mu′ayyan aylantirish qiymati bir-biriga teng va qarama- qarshi ishoraga ega. Ikkala modifikasiyaning aralashmasi burish burchagini kamaytiradi. Ikkala modifikasiya teng proporsiyada boʻlgan aralashma resemat deb ataladi.
Tajribada qutblanish tekisligining burilishi bir-biriga koʻndalang oʻrnatilgan ikkita polyarizatorda kuzatiladi. Konsentrlangan eritma D (+) - suvdagi saxaroza optik aktiv modda sifatida qoʻllaniladi. D (+) belgi qutblanish tekisligini modda oʻng tomonga aylantirishini anglatadi.

15.1-rasm. Qutblanish tekisligini shakar eritmasi bilan burilishini kuzatish uchun tajriba qurilmasi.a-Galogen lampa korpusi, b-Yorugʻlik filtri (tasvir siljitgichda), c-Polyarizator, d-Shakar eritmasi, e-Analizator, f-Linza, g-Kuzatish ekrani.

Download 80.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling