Qutublanish tekisligini shakar eritmasi bilan burish


Download 80.8 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi80.8 Kb.
#1071142
1   2   3

Tajriba qurilmasi:


Tajriba qurilmasi 15.1-rasmda keltirilgan.

  • 15.1-rasmda keltirilganidek, kichik optik kursiga komponentlarni yigʻing, rasmda chapdagi Leybold multiqisqichidan oʻrinlar berilgan.

  • Polyarizasiya filtrlarini shunday toʻgʻrilangki, ularning shkalasidagi belgilar kuzatish ekraniga qaragan boʻlsin va ikkalasi ham 90°ga oʻrnatilsin.

  • Galogen lampa korpusini 100 Vt dan foydalanishga moslashtiring (qaytargichdan foydalaning, galogen lampa korpusidan foydalanish instruksiyasiga qarang).

  • Galogen lampani lampa korpusidagi sterjen yordamida (a1) toʻgʻrilang va optik kursidagi linzani shunday siljitingki, kuzatish ekranidagi koʻrish maydoni bir jinsli yoritilsin.

  • Koʻzgusimon shisha yacheykaga 50 ml suv soling (toʻlish sathi 5 sm). Koʻzgusimon shisha yacheykani prizmali stolga joylashtiring va uni kuzatish maydoniga markazlashtirib toʻgʻrilang.

Tajribaning oʻtkazish tartibi:


  1. Oq yorugʻlikni kuzatish:

  • Analizatorni 0°ga oʻrnating va butun koʻrish maydonini kuzating.

  • Koʻzgusimon shisha yacheykani nur yoʻlidan oling va ehtiyotlik bilan taxminan 20 qoshiq D (+) – saxarozani suvga soling.

  • Chayqash orqali D (+) - saxarozani maksimal toʻliq eriting.

  • Koʻzgusimon shisha yacheykani qayta nur yoʻlining markaziga joylashtiring va koʻrish maydonini kuzating.

  • Analizatorning qutblash yoʻnalishini buring va buning barchasini koʻrish maydonida kuzating.

15.2-rasm. Shakarli eritma nur yoʻliga qoʻyilgandan keyin monoxromatik yorugʻlik uchun koʻrish maydoni (chapdagi: analizator oʻrni 00 , oʻngdagi: koʻrish maydonining markaziy qismida maksimal qorongʻulik)
  1. Monoxromatik yorugʻlikni kuzatish:


  • Galogen lampa korpusining chiqish aperturasidagi tasvir siljitgichga qizil yorugʻlik filtrni oʻrnating va analizator bilan koʻrish maydonining oʻrta qismida maksimal qorongʻulikga erishing(92-rasmga qarang)

  • Analizator oʻrnini qizil yorugʻlik uchun eritmaning burish burchagi sifatida qabul qiling.

  • Qizil yorugʻlik filtrini yashil bilan almashtiring va burish burchagini yana aniqlang.

  • Koʻk yorugʻlik filtri uchun burish burchagini aniqlang.


Download 80.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling