Laboratoriya ishlari organik sintez texnika xavfsizligi qoidalari


Download 1.53 Mb.
bet11/21
Sana09.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1467187
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
LABORATORIYA ISHLARI1-13

7-Laboratoriya ishi
Mavzu: Paratsetamol sintezi.

Ishning asosiy maqsadi
Paratsetamol haqida tushunchaga ega bo‘lish, uni sintezlashda asosiy reaksiyalarni, texnologik parametrlarni va jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ko‘rib chiqish.
Ishning ahamiyati
Parasetamol sintez qilishni o‘rganish hamda qayta kristallash jarayonini olib borish.
Brutto-formulasi C8H9NO2
Molekulyar formulasi 151 g/mol
Suyuqlanish harorati 168-1690C
R e a k t i v l a r: p-Aminofenol –1 g,
sirka angidridi (d204 =1,082 g/sm3) – 1,2 g
etanol –20ml,
aktivlangan ko‘mir – 150 ml
J i x o z l a r: sig‘imi 50 ml bo‘lgan tagi dumaloq kolba, Bunzen kolbasi, Byuxner voronkasi, qaytar sovitgich, suv hammomi, termometr, kristallizator.


Ish tartibi.
1. Havo sovitgichi o‘rnatilgan sig‘imi 50 ml bo‘lgan tagi dumaloq kolbaga 1 g p-aminofenolni 10 ml suvga aralashtirgan holda solinadi.
2. Ustiga 1,2 ml sirka angidrid solinadi.
3. Aralashma 15 daqiqa p-aminofenolning to‘liq erib ketgunicha suv hammomida qaynatiladi
4. Keyin qizdirilgan kolba sovutiladi va Byuxner varonkasida
p-atsetilaminofenol cho‘kmasi filtrlab olinadi
5. Cho‘kma 10 ml suv bilan yuviladi va quritiladi
6. Parasetamolni tozalash uchun perekristallizatsiya usulidan foydalaniladi. Bunda suyultirilgan etil spirti (45%) dan foydalaniladi (1 gr cho‘kma uchun – 5 ml suv va 2 ml spirt)
7. Olingan maxsulotni 20 ml etanolda eritamiz va ustiga 0,1 g aktivlangan ko‘mir solib qaynatamiz
8. Qaynab chiqqan massani byuxner voronkasida filtrlaymiz
9. Bunda filtr qog‘ozda aktivlangan ko‘mir, kolbada esa etanol aralashmasi ajraladi
10. Kolbadagi aralashma sovutiladi va p-atsetilaminofenol kristallari filtrlab olinadi. 6,5 g (87%) unum bilan mahsulot olinadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling