Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-LABORATORIYA ISHI. silikat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatiladigan asbob-uskunalar
- 3-rasm. Xaqiqiy zichlikni aniqlovchi asbob . a) Le SHatelpe-Kandlo asbobi b) asbobni umumiy ko‘rinishi.
Savol va topshiriqlar:
1. Tuproqdagi gigroskopik namlikni o’zgarib turishiga qanday omilar ta’sir qiladi? 2. Qaysi tuproqlarda gigroskopik namlik yuqori bo’ladi? Materiallarning haqiqiy zichligi va g’ovakdorligini aniqlash Qum zarrachalarining haqiqiy zichligini aniqlash Jism massasini absolyut zich, ya’ni g‘ovaksiz xajmiga nisbati shu jismning xaqiqiy zichligi deyiladi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar: Le SHatelpe-Kandlo asbobi (xajm o‘lchash asbobi), o‘lchov silindri, texnik tarozi, tarozi toshlari, suvli idish, termometr, shtativ, kerosin yoki suv quyilgan kolba, shisha voronka, qoshiqcha, materialni maydalash uchun chinni idish yoki xovoncha, filptr qogoz, bolg‘a va chelak. Ish tartibi. Sinaladigan qattiq material yirik bo‘lsa, uning zich, ya’ni g‘ovaksiz xajmini topish uchun u yaxshilab quritiladi, bolalab ushatiladi va ‘ovonchada tuyilib, talqon qilinadi-kukun xoliga keltiriladi. Kukun xoliga keltirilgan materialning donalari g‘ovaksiz deb faraz qilinadi va u har kvadrat santimetrida 900 ko‘zi bor elakda elanadi. Bu kukun quritish shkafida 105 o C temperaturada, massasi o‘zgarmay qolguncha quritiladi (kukun massasining o‘zgarmay qolganligini bilish uchun quritish vaqtida u ikki-uch marta tortib ko‘riladi). Keyin eksikatorda (xavo kirmaydigan idishda) normal temperaturagacha sovutiladi. Tabiiy tosh kabi qattiq materiallar yuqorida aytilgan tartibda tayyorlangandan keyin Le SHatelpe-Kandlo asbobida xaqiqiy zichligi topiladi. 3-rasm. Xaqiqiy zichlikni aniqlovchi asbob. a) Le SHatelpe-Kandlo asbobi b) asbobni umumiy ko‘rinishi. 100 100 a K 02 , 1 100 5 , 2 100 K Le Shatelpe-Kandlo asbobining silindrik qismida (uning ichki diametri 0,9 sm) ikkita gorizontal chiziq (0-0 va 20-20) bor. Bu chiziqlar orasidagi xajm 20 sm 3 ga teng. Asbobning 0-0 chiziigacha suyuqlik quyiladi. Quyilgan suyuqlik (suv, benzin, suvsiz kerosin) sinaladigan materialni eritmasligi va u bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishmasligi lozim. Sementning xaqiqiy zichligini topishda suv o‘rniga benzin yoki suvsiz kerosindan foydalaniladi, chunki sement suv bilan reaksiyaga kirishadi. Asbobga suyuqlik quyilgandan keyin uning suyuqlik satxidan yuqori qism quruq latta bilan artib olinadi. So‘ngra bu asbob shtativga o‘rnatilib, suvli shisha idishga solinadi (1-rasm, b). Le SHatelpe-Kandlo asbobining 20-20 chizii suv satxidan bir oz yuqori turishi shart. Idishdagi suvning temperaturasi doimo 20 2 o bo‘lishi kerak. Le SHatelpe-Kandlo asbobiga solinadigan kukun material idish bilan birga texnik tarozida tortiladi. (tarozining aniqlik darajasi kamida 0,01 g bo‘lishi kerak). Bitta tajriba uchun 60-80g kukun etadi. Bu kukun asbobga voronka orqali oz- ozdan solib turiladi va asbobdagi suyuqlik satxining ko‘tarilishi kuzatib boriladi. Suyuqlik satxi ko‘tarilib, 20-20 chiziqqa etganda kukun solish darxol to‘xtatiladi. Ortib qolgan kukun idishi bilan birga yana tortiladi; 20 sm 3 xajmga ketgan kukunning massasini bilish uchun jami kukunning massasidan ortib qolgan kukunning massasi ayriladi. Materialning xaqiqiy zichligi ( o ) quyidagi formuladan topiladi: o = a V m m 2 1 (5) bu erda o – materialning xaqiqiy zichligi, g/sm 3 hisobida; m 1 - jaomi kukunning massasi, g hisobida; m 2 - ortib qolgan kukunning massasi, g hisobida; V a - Le SHatelpe-Kandlo asbobiga solingan kukunning xajmi, sm 3 hisobida; V a xajm o‘zgarmasligi va doimo 20 sm 3 ga teng bo‘lishi kerak. Xaqiqiy zichlikni Le SHatelpe-Kandlo asbobidan foydalanib topish tajribasi ikki marta yoki birdaniga ikki asbobdan o‘tkaziladi. Tajriba natijalarining o‘zaro farqi 0,02 dan oshmasligi kerak. Agar farq 0,02 dan oshib ketsa, tajriba yana takrorlanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling