Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-LABORATORIYA ISHI. silikat
Mashg’ulotdan maqsad: tuproqning gigroskopik nam miqdorini aniqlash. Tabiiy sharoitda yuqorida aytilganidek, mutlaqo quruq tuproq bo’lmasligi ma’lum. Ho’l yoki nam tuproq laboratoriyaga keltirilib, soyada va quyoshda uzoq vaqt quritilsa ham unda ma’lum miqdorda nam saqlanadi.Mexanik tarkibi, strukturasi, chirindining miqdori va muhit sharoitiga karab tuproqdagi zarrachalar yuzasiga singan gigroskopik namning miqdori o’zgarib turadi. Kerakli asboblar va reaktivlar: shisha byukslar, eksikator, quritish pechi. Ishlash tartibi . Gigroskopik nam aniqlanmoqchi bo’lgan maydalangan quruq tuproqdan 3-4 gramm olinadi. Tuproq termostatda quritilgan, ogzi yopiladigan quritgich stakanga solinadi va analitik tarozida massasi aniqlanadi. Stakan (qopqogi ochilgan holda) termostatga qo’yilib, 105-110 0 S da 3 – 4 soat quritiladi. So’ngra quyi qismiga kaliy sulfatning to’yingan eritmasi va tuzi solingan eksikatorda sovutilib, analitik tarozida tortiladi. Quritish, sovutish va o’lchash ishlari o’zgarmas massa hosil bo’lguncha takrorlanadi. Quruq tuproqdagi gigroskopik suvning foiz miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi va jadval tuziladi: X – gigroskopik suvning foiz miqdori, % a – stakanning quritilmagan tuproq bilan birga og’irligi (g hisobida), b – stakanning quritilgan tuproq bilan birga og’irligi (g hisobida), H – tuproqning og’irligi (g hisobida). Masalan, a – 25,33g, b – 25,23 g, N – 4 g bo’lsa, tuproqdagi gigroskopik namlik miqdori 2,5% ga teng. Gigroskopik namlikni aniqlash tuproqning bir qancha fizik xossalarini o’rganish, ayniksa kimyoviy analizlar natijasini aniq hisoblashga yordam beradi. Gigroskopik namlik koeffistenti (K) ni aniqlash gigroskopik namlik foizi ma’lum bo’lganidan keyin quyidagi formula bilan aniqlanadi. H b a X 100 * ) ( % % 5 , 2 4 100 * 10 , 0 4 100 * ) 23 , 25 33 , 25 ( X K – tuproqning gigroskopik namlik koeffistienti, 100 – foizga aylantirish koeffistenti, a – gigroskopik namlik (foiz hisobida). Masalan, gigroskopik namlik a – 2,5 bo’lganda: Bu gigroskopik namlik koeffistienti namlikning quruq tuproqqa bo’lgan foizini aniqlashda kerak bo’ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling