Laboratoriya mashg’ulot. – ish. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar. Kerakli asbob va reaktivlar


Download 58.69 Kb.
bet1/6
Sana22.10.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1715980
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 – Laboratoriya mashg’ulot. 1 – ish. Monosaxaridlarga xos sifat-fayllar.org


4 – Laboratoriya mashg’ulot. 1 – ish. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar. Kerakli asbob

4 – Laboratoriya mashg’ulot.
1 – ish. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, suvhammomi (80°C li), pipetkalar, αnaftolningspirtdagi 10% li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, Selivanov reaktivi, fruktozaning 1% li eritmasi, ribozaning 1% li eritmasi, Orsin reaktivi, difenilamin eritmasi, dezoksiriboza yoki DNKning 1% li eritmasi.
1-tajriba. Uglevodlarni naftol yordamida aniqlash. Bu reaksiya hamma uglevodlar uchun xosdir.Uglevodlar konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida furfurol yoki uning hosilalariga aylanadi. Hosil bo’lgan mahsulot 2 mol α-naftol bilan kondensasiyalanib rangli kompleks hosil qiladi.
Ishning bajarilishi. Tekshirilayotgan eritmadan 2 ml yoki tarkibi uglevodli qattiq moddadan 0,1 g olib, 1 ml suvda eritiladi, ustiga α-naftolni yog’ 10% spirtli eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va probirka devoridan ohistalik bilan 1 ml konsentrlangan H2SO4 quyiladi. Sulfat 17-kislotaning zichligi katta bo’lgani uchun probirka tagiga cho’kib, suyuqlik ikki qavatga bo’linadi. Xuddi shu ikki qavat chegarasida binafsha rang (halqa) hosil bo’ladi.
2-tajriba. Fruktozani rezorsin yordamida aniqlash. Fruktozaga xlorid kislota qo’shib qizdirilganda oksimetilfurfurol hosil bo’ladi, bu mahsulot rezorsin bilan pushti-qizrish rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlashga imkon beradi.
Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib, ularga rezorsinning 20% li xlorid kislotadagi 0,05% li eritmasidan 3 ml dan quyiladi, ularning biriga 0,5 ml fruktoza, ikkinchisiga 0,5 ml glyukoza eritmasidan quyiladi. Har ikkala probirka 80° li suv hammomiga 8 minut solib quyiladi. Bu vaqtda fruktozali probirkadagi suyuqlik qizil rangga kiradi.
3-tajriba. Pentozalarni Orsin reaktivi yordamida anqlash. Pentozalar kislotali muhitda temir (III)-xlorid ishtirokida Orsin reaktivi bilan yashil rangli kompleks hosilqiladi.Bu reaksiya pentozalarning kislota ta’sirida furfurolga aylanishini tasdiqlaydi.

Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling