Laboratoriya mashg‘uloti №1
Download 108.23 Kb.
|
Laboratoriya mashg1111
Laboratoriya mashg‘uloti № 1 Mavzu : Informatika fanlaridan o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashga oid innovasion metodlarni loyihalashtirish. Maqsad:.Talabalarga bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirishni o‘rgatish. Mashg‘ulot jixozi: Shahsiy kompyuter, adabiyotlar va internet resurslari. Uslubiy ko‘rsatmalar Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari. Umumiy o‘rta ta‘limda ta‘limni nazorat va baholashning asosiy maqsadi o‗quvchilarga davlat ta‘lim standartlariga javob beradigan bilimlarni yetkazish s ifatini tekshirish bo‗lsa, oliy ta‘limda esa, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishdir. Baholash-ta‘lim jarayonining ma‘lum bosqichida o‗quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‗lchash natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Baholashning mezonga asoslangan va meyorga asoslangan baholash shakllari bo‗lib, axborot texnologiyalari darslarida mezonga asoslangan baholash shakli qo‗llaniladi. Me‟zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta‘lim jarayonida qo‗lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini oldindan belgilangan o‗quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‗ra taqqoslash va o‗lchash shaklidir. Bunda natijalar to‗g‗ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Baholash natijasida nafaqat ta‘lim oluvchining, balki, ta‘lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‗quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta‘lim vositalari, rejalar, ta‘lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi [24]. Informatika va axborot texnologiyalaridan nimani baholash kerak?-deganda, nazariy bilimlarni baholash, amaliy ko‗nikma va malakalarni baholash nazarda tutiladi Nazariy bilimlarni baholash deganda, erishilgan natijalarni aniqlash, uni mo‗ljallangan natijani baholash mezonlari bilan taqqoslash, ta‘lim jarayonida qo‗yilgan maqsad natija ko‗rsatkichlarini qanday darajada o‗zlashtirganini aniqlash tushuniladi [24]. O‘qituvchi savol bergan vaqtda ta‘lim oluvchi hamma vaqt to‗g‗ri javob beradi deb kutmaslik kerak, chunki psixik omil (tanglik, erkin bo‗la olmaslik, qo‗rquv) tufayli haqiqiy natija yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Nazariy bilimni baholash orqali butun ta‘lim tizimi va uning barcha komponentlari tekshirib ko‗rilishi mumkin. Nazariy bilimlarni baholash ta‘lim oluvchining o‗zligini anglashi uchun imkoniyatdir Amaliy ko‗nikma va malakalarni baholash amaliy mashg‗ulotlar darsida me‘zonlar asosida olib boriladi. An‘anaviy ta‘lim jarayonida baholashning test, og‗izaki so‗rov, yozma ish kabi sakllardan foydalaniladi. Baholash mezonlari. Baholash mezonlari va ko‗rsatkichlari yetarlicha aniq, o‗lchash imkoniyati mavjud, uni talabalar va ota onalar tushuna oladigan bo‗lishi kerak. O‗zbekiston respublikasi oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risidagi nizomda baholash mezonlari namuna sifatida ko‗rsatib o‗tilgan [59]. Nizomda talabalarning bilim darajasi a‘lo (86-100 ball), yaxshi (71-85 ball), qoniqarli (56-70 ball) mezonlar asosida baholanishi ko‗rsatilgan. Umumiy o‗rta la‘lim jarayonida baholash 5 ‒ a‘lo, 4 ‒ yaxshi, 3 ‒ qoniqarli, 2 ‒ qoniqarsiz ko‗rinishida qoyiladi. Informatika fani o‗qituvchilari mavzularni baholashda quyidagi umumiy mezonga asoslanadi [29]. (15.1-jadval).
Yuqorida keltirilgan umumiy baholash mezonidan kelib chiqib, amaliy va laboratoriya mavzuning xususiy baholash mezonlarini ishlab chiqish mumkin Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalash. A.S.Agafonova "Baholash usuli - o'quv jarayoni davomida ta'limning muvaffaqiyati to'g'risida ma'lumot olish uchun fikr-mulohazalarni taqdim etish, o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir o'tkazish usullaridir" -deb ta‘riflasa, P.I. Pidkasistiy "Nazorat usuli - ta'lim jarayoni haqida ma'lumot olish uchun o'qituvchilar va talabalarning ketma-ket o'zaro bog'liqlikdagi tashxislash tizimi ekanligini, B.A.Slastenin "Nazorat usullari - bu o'quvchilarning o'quvbiluv faoliyati va o'qituvchilarning pedagogik faoliyati samaradorligini aniqlash usullaridir‖ deb ta‘riflaydilar [12]. Matritsali nazorat - bu bilimlarni boshqarishning noan'anaviy shakllaridan biri. Ushbu nazoratda javoblarning ko'p qirraliligiga yo'l qo'yilmaydi (testdan farqli o'laroq); oquvchi aniq javob berishi va aniq baho olishi kerak. Matritsali nazoratni boshqarishning mohiyati quyidagicha: O‘quvchilarga savollar oldindan tayyorlangan matritsalarning turli xil variantlarida beriladi va ularning har biri matritsada keltirilgan barcha javoblardan bittasini to'g'ri deb tanlaydi va uni "x" yoki "+" belgisi bilan belgilaydi. Ish oxirida o'qituvchi barcha javoblarni yig'adi. Topshiriq Matritsali nazorat haqida ma’lumot to’plang. Siz o‘rgangan baholash metodlaridan qaysi biri sizga ma‘qul keldi, nima uchun? An‘anaviy baholash usuli noan‘anaviy baholash usulidan nimasi bilan farq qilishi kerak deb o‘ylaysiz? Axborot manbaalari. https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=581 Download 108.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling