Laboratoriya mashg`uloti №13 Mavzu: O`simliklarning hayotiy shakllari va ekоlоgik guruhlari. Ishdan maqsad


Download 41.5 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1410817
  1   2   3
Bog'liq
13 laborat


Laboratoriya mashg`uloti № 13


Mavzu: O`simliklarning hayotiy shakllari va ekоlоgik guruhlari.


Ishdan maqsad: Gulli o`simliklar hayotiy shakllari ya`ni daraxt, buta, yarim buta, bir yillik, ikki yillik va ko`p yillik o`tlar bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Tabiiy o`simlik namunalari yoki gerbariylar, rasmiylar.
Nazariy tushuncha: Gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik, ikki yillik va ko`p yillik o`tlarga bo`linadi.
Daraxtlar – tanasi yog`ochlashgan, asosan, bitta yo`g`on tanasi, baquvvat ildizi va keng shox – shabbasi bo`lgan baland bo`yli ko`p yillik o`simliklardir. Bular guli, mevasi, to`pguli, poyasining eni, bo`yi, shox – shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o`rik, yong`oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag`ay terakniki g`uj, tik va sada qayrag`ochniki sharsimon bo`ladi. Daraxtlar oz yoki ko`p yil yashashiga ko`ra turli xil bo`ladi. Masalan, Afrikada o`sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, sarv 3000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, qarag`ay 500-600 yil, o`rik, yong`oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Daraxtlarning bo`yi 5-7 m dan 140-150 m gacha (Avstraliya evkalipti va Kaliforniya mamont daraxti), yqg`onligi esa 10-12 m (baobab daraxti) bo`ladi. Тabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo`lgan va tog`larning shimoliy yonbag`rida o`sadigan daraxtlar shox-shabbasining ko`pligi, kengligi va balandligi bilan janubiy yonbag`rida o`sadigan daraxtlardan farq qiladi. Тog`larning o`rta qismidagi archa bo`ydor bo`lib o`ssa, eng baland qismidagisi esa yerdan 0,5-1 m ko`tariladi, xolos. Bu hol o`simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovug`idan saqlaydi. Daraxtlar orasida saksovulga o`xshash nihoyatda mayda bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho`llarda, qumlarda o`sadigan ajoyib turlar ham bor.
Butalar – poyasi yog`ochlashgan, bo`yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko`p yillik o`simlik. Bularga, ayniqsa tog`lar yonbag`rida keng tarqalgan irg`ay, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o`simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum kabi o`simliklarni misol qilib keltirish mumkin.
Yarim butalar – poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko`p yillik o`simliklardir. Cho`llarda keng tarqalgan yem-xashak o`simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir.
O`tlar – poyasining yer utsi qismi yog`ochlashmaydigan va gullab meva tukkandan keyin ko`pincha qurib qoladigan o`simliklar. Ular ko`p yillik, ikki yillik va bir yillik o`tlarga bo`linadi.
Ko`p yillik o`tlar – yer usti qismi qishda qurib, qsish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o`simliklar. Bularga beda, ajriq, g`umay, sachratqi, kuchala,pskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqi, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir singari o`simliklar kiradi. Ko`p yillik o`tlar, ayniqsa, tog`larda keng tarqalgan.
Ikki yillik o`tlar-urug`danko`karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan barg (to`pbarg) hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to`playdigan o`simliklar. Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, piyoz, sabzi, sholg`om, rediska, karam va boshqalar kiradi.
O`zbekistonda uchraydigan o`simliklarning yarmidan ko`prog`ini bir yillik o`simliklar tashkil etadi. Ular tashqi ko`rinishi, o`sish sharoiti va mohiyatiga ko`ra bir – biridan keskin farq qiladi. qizig`i shundaki, ularning ayrimlari bir-ikki hafta yashasa, boshqalari erta bahordan to kech kuzgacha o`sib turadi. Bularga oq so`ra, yaltirbosh, baliqko`z, qizilsho`ra, buzoqbosh, ituzum kabi suvsiz va haddan tashqari issiq sharoitda o`sadigan, tanasida ko`p miqdorda shqr suv saqlovchi seret o`simliklar kiradi. Qishloq xo`jaligida o`stiriladigan madaniy o`simliklarning juda ko`pchiligi bir yillik o`simliklardir. Bularga g`o`za, bug`doy, arpa, zig`ir, yeryong`oq, mosh, no`xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon, manzarali gul va boshqalar kiradi. Bir yillik o`tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko`tarilib o`sadigan momaqaldirmoq, qo`ytikan kabilarni, bo`yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham oshadigan kanakunjut, makkajqxori va kanopga o`xshash o`simliklarni ham ko`plab uchratish mumkin.
Shunday qilib, gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra daraxt, buta, yarim buta, ko`p yillik, ikki va bir yillik o`tlardan tashkil topgan.

Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling