Laboratoriya mashg`uloti 3 Mavzu: Уorug’lik ta’sirida kraxmal hosil bo’lishini aniqlash. Umumiy ma’lumot
Download 12.57 Kb.
|
b 3-lab (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli laboratoriya materiallari
- Nazorat uchun savollar
“TASDIQLAYMAN” ___________ Kafedra mudiri dots. Shamsidinova G.D. “ ” avgust 2022 yil Laboratoriya mashg`uloti 3 Mavzu: Уorug’lik ta’sirida kraxmal hosil bo’lishini aniqlash. Umumiy ma’lumot: Fotosintez prosessida dastlab uglevodlar hisobiga kraxmal va har xil organik birikmalar hosil bo’ladi. Bu moddalar o’simliklarning nafas olishi vaqtida va boshqa prosesslarning borishida sarflanadi. SHulardan kraxmal hosil bo’lishini aniqlaymiz. Kerakli laboratoriya materiallari: Qorong’u joyda turgan o’simlik, shakl tushirilgan qora qog’oz, shisha qalpoq, 200 yoki 500 vattli elektr lampa, spirt, HCl, oq bo’r, yod eritmasi. Darsning maqsadi: Kraxmal hosil bo’lishini aniqlashni o’rganish. Ishning bajarilishi: Tajriba o’tkaziladigan o’simlik bir-ikki kun qorong’u joyda saqlanadi. Qorong’uda o’simlik barglaridagi kraxmal parchalanib, oddiy shakarlarga aylanadi. Buni aniqlash uchun o’simlik barglaridan olib, issiq suvga botiriladi va spirtga solib rangsizlantiriladi. Oqargan bargga yod eritmasi ta’sir ettirilganda uning usti qizarib qolsa, bu hodisa kraxmal parchalanib ketganligini bildiradi. Qorong’u joyga qo’yilgan o’simlik barglaridan bandi bilan uzib olib, suvli stakanga solib qo’yiladi. Barg plastinkasi birorta shakl yasalgan qora qog’oz bilan yopiladi. So’ngra stakanning ustiga shisha qalpoq kiydirib, kuchli yorug’lik tushib turadigan joyda 1-2 soat saqlanadi. Fotosintez prosessi normal borishi hamda barg ko’p miqdorda karbonat angidrid bilan ta’minlanib turishi uchun marmar yoki oq bo’r solingan idishga kislota qo’yib, shisha qalpoq ichiga qo’yiladi. Oradan 1-2 soat vaqt o’tgach barg qalpoq ichidan olinib, qora qog’ozdan bo’shatiladi va darhol qaynab turgan suvga, so’ng spirtga botirib rangsizlantiriladi. So’ngra bargni likopchaga yoyib, ustiga yod eritmasi tomiziladi. Agar yorug’lik ta’sirida kraxmal hosil bo’lgan bo’lsa, u holda qora qog’ozdagi shaklning o’rni ko’k rangga bo’yaladi. Nazorat uchun savollar: 1. Fotosintez prosessida kraxmal qanday hosil bo’ladi? 2. Fotosintez prosessida xlorofillning roli nimadan iborat? 3. Bargdan pigmentlarni qanday ajratish mumkin? Download 12.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling