Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq qilish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Xasanov Shokirjon 7-12
Laboratoriya mashg‘uloti-10.
Simsiz tarmoqlarda autentifikatsiyalash jarayonini o‘rganish Ishdan maqsad: Simsiz tarmoqlarda autentifikatsiyalash jarayoni bo‘ytcha tushunchalarga ega bo‘lish. Nazariy ma’lumot Autentifikatsiya deganda ma’lum bir ob’ektni xaqiqiyligi (aslligi) ni tekshirish protsedurasi tushiniladi. Autentifikatsiyaning xabar, abonent, qurilma, ma’lumotlar massivi kabi turlari mavjud. Bu protseduralarni tuzilish prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. Xabar autentifikatsiyasi Xabar autentifikatsiyasining maqsadi quyidagi takliflarni tasdiqlash yoki inkor etishdan iborat: • xabar qonuniy abonentdan kelyapti; • xabar yuborilish vaqtida o‘zgarmagan; • xabar kerakli manzil (adres)ga yetkazildi; • qabul qilingan xabar ketma-ketligi yuborilgan xabar ketma-ketligi bilan mos tushadi. Asllikni tekshirish shifrogramma uchun juda muxim, zero qabul qiluvchi ko‘proq ishonch xosil qiladi. Autentifikatsiya usullari xech qanday tashqi vositalarni jalb etmagan xolda xabarning o‘zi bo‘yicha asllik o‘rnatiladi degan faraz bilan yaratiladi. Buning uchun uzatuvchi tomonda X xabariga qo‘shimcha xesh-funksiya kodi kiritiladi. Shuningdek u signatura, kombinatsiya nazorati, imitovstavka, xabar daydjesti deb xam ataladi. Ta’kidlab o‘tilganidek, X xabari oldindan songa yoki sonlar to‘plami X ga o‘zgartiriladi. (X) xesh-funksiya fiksirlangan simvollar ketma-ketligi uzunligida X ixtiyoriy uzunlikni tasvirlaydi. Bunday to‘ldirishda uzatish tezligini tushishi axamiyatli bo‘lmasligi uchun, albatta talab: t « / bo‘ladi. (X,I(X)) xabarini aslligini tekshirish, I(X) qiymati bilan qabul qilingan X ni to‘g‘ridan to‘g‘ri xisoblangan h '(X) ni taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Agar ular teng bo‘lsa, u xolda (X,I(X)) ni uzatishda o‘zgarmagan degan qaror qabul qilinadi. Aks xolda xabarni buzilgani qayd qilinadi. t «/, ekan bir nechta kolliziya deb ataluvchi xabarlarga bitta xesh-funksiya qiymati mos keladi. Uzatilgan xabarni xar qanday kolliziyaga almashtirish asllikni tekshirishda aniqlanmasligi rashvan. Xabarni muvafaqqiyatli soxtalashtirish extimolligi h(X) qiymatni razryadi bilan aniqlanadi. Amaliyotda 64-150 bit uzunlikkacha ishlatiladi. Xesh-funksiyaga quyidagi talablar qo‘yiladi: matndagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar (qo‘yilmalar, chiqarishlar, qayta qo‘yishlar va x.k.) ga ta’sirchanlik, kolliziyalar qidiruvini effektiv algoritmlarini yo‘qligi, h(X) qiymatni xisoblashning oddiyligi. Bir yo‘nalishlik zaruriyati kalitlarni taqsimlash protokoli (2.2 jadval) tavsifidan kelib chiqadi. Xeshlashni juda ko‘p usullari taklif etilgan. Imitovstavka uchun davlat standarti xam ishlab chiqilgan. Misol tariqasida xesh-funksiyasini ko‘rib chiqamiz. Ammo yovuz niyatli odam xam xeshlash algoritmini bilgan xolda soxta xabar yaratishi yoki asl xabarni o‘zgartirishi mumkin, xesh-funksiyani to‘g‘ri qiymatini xisoblab topishi mumkin. Shunig uchun rekurent jarayoni turdagi maxfiy parametrlardan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Kalit sifatida maxsus maxfiy sonlar, qiymati N,, xabarlar bloki X va ularning kombinatsiyalari qo‘llanilishi mumkin. 12.1-rasmda xesh-funksiyani shifrlash sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda kalit sifatida uning oldingi qiymati olinadi. Ko‘rib chiqilgan autentifikatsiya jarayoni ma’lumotlar almashayotgan ikki abonent o‘rtasida ishonch bo‘lishini talab etadi, ya’ni tashqi aralashishlardan ximoya qiladi. Xayotda abonentlar o‘rtasida ishonch bo‘lmagan juda ko‘p vaziyatlar mavjud (moliyaviy tashkilotlar o‘rtasida elektron xujjatlar bilan almashish, mijoz va bank o‘rtasida va x.k.). 10.1 – rasm. Xesh funksiyaning shifrlash sxemasi. Bunday xollarda qonuniy abonentlar tomnidan aldovlar bo‘lishi mumkin. Masalan, A uzatuvchi abonent o‘zining xabaridan voz kechishi mumkin, qabul qiluvchi esa yuborilgan xabarni o‘zgartirib uni abonent A shunday tarzda yuborganligini ta’kidlashi mumkin. Mobil aloqa tizimlarining rivojlanish taraqqiyoti shuni ko‘rsatadiki, elektron tijoratdan katta muvaffaqiyatlar kutilmoqda. Mobil telefon orqali xar qanday bank operatsiyalari bajarilishi taklif etilmoqda. Bunday sharoitlarda qonuniy abonent aldovidan ximoya qilish muxim vazifaga aylanmoqda. Xabarlarni autentifikatsiyalashda ishonch bo‘lmagan xollarda elektron imzo qo‘llaniladi. Uning vazifasi qog‘ozli xujjatlardagi qo‘yiladigan imzolar bilan bir xil. Biroq berilgan matnga elektron imzoning tegishliligi ushbu xujjatni butunligini xam ta’minlaydi. Ushbu texnologiyani RSA misolida tushuntirib o‘tamiz. Masalan (d, n) va (e, n) — mos ravishda A abonentning ochiq va maxfiy kalitlari bo‘lsin. X xujjatga elektron imzo (EI) ni qo‘yish, uning xeshlash va (d, n) maxfiy kalit yordamida xesh-funksiya qiymatini H D s shifrlashni o‘z ichiga oladi. K N„ abonent identifikatorini qo‘shishi mumkin. Xabar raqami, uzatish vaqti va boshqa ma’lumotlar esa bo‘lishi mumkin bo‘lgan aldovdan ximoyalanish uchun mo‘ljallangan. Oqibatda imzolangan xujjat Y = (X, EP), gde EP = N„" modn ko‘rinishga ega bo‘ladi. A imzoni B abonent tomonidan tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling