Laboratoriya mashg`uloti №5 Bajarish muddati


Download 20.91 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.91 Kb.
#1520717
TuriУказатель
Bog'liq
Axrabjonova Xumora 5-laboratoriya ishi


Laboratoriya mashg`uloti №5
Bajarish muddati: _______________2019-yil.
Mashg`ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat.
Laboratoriya jihozlari: Corel Draw dasturi.
Mavzu: Corel Draw dasturi Pikc (ko`rsatgich) instrumenti yordamida tasvirlar yaratish.
Ishning maqsadi: Corel Draw dasturida ishlash, uning imkoniyatlaridan foydalana olish ko`nikmalarini hosil qilish.
Nazariy qism:
Corel Draw dasturi menyusining muhim qismlaridan biri bu – asboblar paneli hisoblanadi. Hujjat oynasidagi ixtiyoriy amal asboblar panelidagi biror asbob yordamida bajariladi. Bunda tanlangan asbob va belgilangan obyektga bog`liq ravishda xususiyatlari ham o`zgarib turadi. Corel Draw dasturining barcha asboblari asboblar panelida jamlangan. Guruhning barcha asboblarini ko`rish va ulardan birortasini tanlash uchun asboblar panelining kerakli joyiga sichqoncha chap tugmasi bosiladi va biroz kutib turiladi. Bu guruhlarni alohida panel sifatida asboblar panelida sichqoncha bilan tortib oynadagi bo`sh joyga ajratib olish mumkin.
Указатель (pick ) asbobi – dasturning asosiy asboblaridan biri bo`lib, asboblar panelining birinchi elementidir. Bu asbob tanlanganda sichqoncha ko`rsatkichi qora strelka ko`rinishiga o`tadi. Bu asbobning asosiy funksiyasi – obyektlarni belgilash va siljitishdir .



Corel Draw dasturiga kirganimizda yangi ishchi oyna ochilishi bilan oynaning chap tarafida instrumentlar paneli ochiladi .





Corel Draw dasturida biz biror shaklni chizganimizda pick tugmasi orqali o`sha shakl belgilanadi.


Obyektlarni ikki xil usulda belgilash mumkin : ular ustiga sichqoncha chap tugmasini bosish yoki ular ustida belgilash chegarasini tortish .
Obyektlar ustida qanday amal bajarilmasin oxirgi obyekt boshqalaridan ajratilgan bo`lishi kerak. Bu amalni bajarish uchun maxsus ajratish asbobi Ko`rsatkich (Pick) ishlatiladi.
Obyektning ajratilganligini obyektning enidagi markerlardan va obyekt markazidagi krestdan bilish mumkin. Agarda bir nechta obyektlar ajratilgan bo`lsa markerlar katta to`rtburchak shaklida bo`ladi.
Obyektlarni ajratish usullari.
Ko`rsatkich (Pick) asbobi yordamida obyektlar bir nechta usullar bilan ajratiladi:
Alohida obyektni sichqonchani chertish bilan ajratsa bo`ladi.
Shtrixovoy ramka (marquee) yordamida obyektlarni ajratganda belgilangan maydondagi obyektlar ajratiladi va ular shtrixlangan ramka ko`rinishida bo`ladi.
Obyektlarni ajratishda klaviaturadan ham foydalanilsa bo`ladi. tugmasini bosish orqali obyektlarni ketma-ket, + - tugmalari bilan birgalikda ishlatilsa teskari holatda ajratiladi.
Hamma obyektlarni ajratish uchun Ob’ekto` (Objects) buyrug`i va menyuning Redaktirovat/Videlit vse (Edit/Select All) tanlanadi. Bu amalni Ko`rsatkich (Pick) asbobining tugmasini ikki marta bosish bilan amalga oshirsa bo`ladi. Ajratishni bekor qilish uchun ish joyining bo`sh yeriga sichqoncha bilan chertiladi yoki tugmasi bosiladi.
Ko`rsatkich (Pick) asbobining boshqa funksiyalari.
Ko`rsatkich (Pick) asbobi ishlatganda obyektlarni ajratilganligi marker faqat ajratilganlik belgisini bildirib qolmay, boshqa maqsadlarda ham qo`llaniladi.

Marker yordamida obyektlarni masshtablash mumkin. tugmasi bilan ishlatilsa markazdan masshtablaydi.


bilan birga ishlatilsa bir butunga kattalashadi. Yon tomondagi markerlar esa noproporsional masshtablaydi.
Ikkinchi marta obyektlarni ajratganda markerlar yo`nalish shaklini oladi .
Yon tomondagi yo`nalishlar esa obyektni gorizontal yoki vertical tomonga qiyalatishni bildiradi.
Shuning bilan birga Ko`rsatkich (Pick) asbobi obyektlarni yoki obyektlar yig`indisini ko`chirish mumkin. Uning uchun obyektni olib kerakli tomonga surish kerak.


TOPSHIRIQLAR:

1.Kompyuter xotirasida mavjud grafik fayllardan yaxlit tasvir yarating.




TOPSHIRIQLARNING BAJARILISHI:


1-topshiriq:

XULOSA

Mening xulosam shundan iboratki , Corel Draw dasturidagi instrumentlardan foydalanib, biz kelajakda juda ko`plab amallar bajarishimiz mumkin. Men Corel Draw dasturini imkoniyatlari qay darajada yuqori ekanligiga guvoh bo`ldim. Corel Draw dasturida ishlash ancha qulayliklarga olib keladi va ishimizning sifatli bo`lishiga ham juda kata yordam beradi. Corel Draw dasturida tasvirlar yaratishda ko`plab asboblar yordam beradi, lekin ko`rsatkich (Pick) asbobining yordami kata ekanligini ko`rdik. Bu laboratoriya mashg`ulotida har birimiz o`zimga tegishli bilim oldik va shunga yarasha xulosa chiqara oldik.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. “Kompyuter grafikasi” U.S. Jo`rayev, D.B. Abdurahimov uslubiy qo`llanma. Guliston 2016.

  2. Internet ma’lumotlari:

Ziyo izlagan qalblar uchun kutubxona.

  1. M. Aripov, B. Begalov, U. Begimqulov, M. Mamarajabov “Axborot texnologiyalari”, Toshkent – “Noshir” – 2009

  2. Internet saytlari: google.com




Download 20.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling