Lаborаtoriya mаshg’uloti №5
Download 173 Kb.
|
Labaratoriya 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlarning nazariy asoslari.
LАBORАTORIYA MАSHG’ULOTI № 5.
Akustik tadqiqotlar usullari tog’-kon ishlab-chiqarish ishlarida tog’ jinslarining holatlarida oid ma’lumotlar olish, hamda turli texnologik jarayonlarda ularga ta’sir qilish uchun keng qo’llaniladi. Akustik usullar tog’ jinslari zichligi va kuchlanishi holatlarini o’zgarishini nazorat qilish zichligi boyicha turlicha bo’lgan jinslarning bo’linish chegaralarini aniqlash, shuningdek darzliklar, bo’shliklar turlicha qo’shilmalar qo’shilgan jiylarning bo’linish chegarasini aniqlash imkoniyatini beradi. Tog’ jinslari massivida shovqinni eshitish jinslar va gazlar otqinini aniqlash va zarbalarni qayd qilish imkonini yaratadi.
Ishlarning nazariy asoslari. Tog’ jinslariga musbat-manfiy yuklarning ta’sir qilishi ularda musbat-manfiy deformasiyalarni yuzada keltiradi. Natijada elastik deformasiyalar tarqalishining to’lqinli jarayoni hosil bo’ladi. Elastik to’lqinlar moddada deformasiyalarning tarqalishini ifodalashini nazarda tutsak, u holda moddalarning turiga bog’liq holda to’lqinlar har xil turlarda bo’linadi, jumladan: boylama, ko’ndalang, yuzaki, bukiluvchi aylanma va h.k. Hajmiy qisish va cho’zish deformasiyasi moddada har qanday muhitda (gaz, suyuqlik va qattiq) boylama elastik tebranishlar tarqalishini yuzaga keltiradi. Siljish deformasiyasi esa muhitda faqat qattiq jinslarda kuzatiladigan ko’ndalang elastik to’lqinlarni yuzaga keltiradi, chunki gaz va suyuqliklarda siljish qarshiligi mavjud emas.
Download 173 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling