Laboratoriya mashg’uloti laboratoriya ishi №2 Mavzu: Zamonaviy informatika xonasini jixozlash, texnika xavfsizlikligi talablari. Ishning maqsadi


Download 206.96 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi206.96 Kb.
#1251095
  1   2   3   4
Bog'liq
02-laboratoriya ishi


LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Laboratoriya ishi №2
Mavzu: Zamonaviy informatika xonasini jixozlash, texnika xavfsizlikligi talablari.
Ishning maqsadi: Zamonaviy informatika xonasini jixozlash, texnika xavfsizlikligi talablari o‘rgatish
Nazariy ma’lumotlar:
Informatika xonasi, uning asosiy maqsadi va vazifalari, informatika xonasini jihozlash
Informatika xonasi – bu umumo’rta maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning o’quv-tarbiyaviy qismi bo’lib, o’quv hisoblash texnikasi komplekti (O’HTK) bilan, o’quv ko’rsatish qo’llanmalari, o’quv jihozlari, mebellar va informatika kursi bo’yicha nazariy hamda amaliy darslarni o’tkazishga mo’ljallangan xona.
Informatika xonasidagi darslar:

  • o’quvchilarda kompyuter savodini shakllantirish,

  • o’quvchilarni kompyuterni ishlab chiqarishda, proekt-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o’quv jarayoni va boshqarishda ishlatish bilan tanishtirish,

  • informatikani o’rganish jarayonida o’quvchilarda nazariy fikrlashni rivojlantirish,

  • maktabda o’quv-ta’lim jarayonini tashkil etishni va o’qitish uslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.

Informatika xonasida quyidagilar o’tkaziladi:

  • informatika darslari va kompyuterni, kinofilm, diapozitivlar, tablitsa va boshqa o’quv ko’rsatish qo’llanmalaridan foydalanib alohida umumta’lim o’quv predmetlari,

  • informatika kursi bo’yicha darsdan tashqari va fakultativ darslar,

  • eksperiment darslar va amaliy mashg’ulotlar va boshq.

Informatika xonasida psixologik, gigienik va ergonomik qulay muhit bo’lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo’lishi kerakki, muvaffaqqiyatli ta’limga, aqliy rivojlantirish va o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim, malaka va mahorat olishga ta’sir ko’rsatish kerak va xavfsizlik hamda sog’liqni saqlash talablarga javob bera olishi kerak.

Download 206.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling