Um - radio interfeysi. MS va BTS o‘rtasidagi interfeys ETSI/GSM tavsiyalarining 04 va 08 seriyalarida aniqlangan [76-79].
X –interfeysi. Turli xil tarmoqlarning OMC o‘rtasidagi tarmoq interfeysi va OMC va tarmoq elementlari o‘rtasida boshqaruv interfeysi deb ataladigan narsa, ETSI/GSM tavsiyalari 12.01 bilan belgilanadi va ISO OSI qatlamli ochiq tarmoq modelida aniqlangan Q.3 interfeysiga o‘xshashdir.
OMS bilan tarmoqqa ulanish MKKTT T OKS № 7 signalizatsiya tizimi yoki X.25 tarmoq protokoli orqali ta'minlanishi mumkin. X.25 tarmog‘i Internet tarmog‘iga yoki PSDN -ga ochiq yoki yopiq rejimda ulanishi mumkin.
GSM tarmog‘i va xizmatlarni boshqarish protokoli, shuningdek, ETSI/GSM tavsiyalari 12.01 da belgilangan Q3 interfeysi talablariga javob berishi kerak.
Tashqi tarmoqlar bilan interfeyslar
PSTN bilan ulanishi
Umumiy telefon tarmog‘iga ulanish MSC tomonidan 2Mbit/s aloqa liniyasi orqali OKS №7 signalizatsiya tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. 2Mbit / s interfeysning elektr xususiyatlari MKKTT G.732.tavsiyalariga mos keladi.
Nazorat savollari
GSM tarmog‘ining elementlarini o‘zaro bog‘lanish interfeyslari qanday turlarga bo‘linadi?
GSM tarmog‘ining ichki interfeyslari qaysi interfeyslarni o‘z ichiga oladi?
A va Abis -interfeys qanday vazifani o‘z ichiga oladi?
B va C interfeysi qanday vazifani o‘z ichiga oladi?
D- va E – interfeys qanday vazifani o‘z ichiga oladi?
M-va O interfeys qanday vazifani o‘z ichiga oladi?
Um - X – radio interfeysi qanday vazifani o‘z ichiga oladi?
Javoblar
1.Ichki interfeyslar 9.1-rasm va 9.1 jadvalda keltirilgan.
2. 9.1-rasm GSM tarmog‘ining ichki interfeyslari turlari
9.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |