Laboratoriya mashg‘uloti smartrunk-ii tranking va Shaxsiy radioaloqa tizimi ishlash prinsiplarini o‘rganish Ishdan maqsad


Download 0.77 Mb.
bet8/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1328418
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
8-11-LAB.S.T

Nazorat savollari.

  1. SMARTRUNK-II trank tizimi xaqida umumiy ma’lumot bering

  2. SMARTRUNK-II trank tizimining parametrlarini sanab bering.

  3. SMARTRUNK-II trank tizimi qanday tarkibdan iborat?

  4. Smartrunk-II tizimi qanday aloqa turlarini ta’minlab beradi?

  5. Shaxsiy radiochaqiriq tizimlari xaqida tushuncha bering.

  6. Peydjing tizimining struktura sxemasini tushuntirib bering.

  7. Peydjing terminali va protokollari xaqida ma’lumot bering.



Javoblar

  1. Texnalogiyaning rivojlanishi radioaloqa kurilmalarining ishlab chiqishini munosib bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa narx va xizmat kursatishi chastota spektrining cheklanganlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni vujudga keltirdi. Qattiq mustaxkamlangan radioaloqa chastota kanallarini tashkil etayotganda spektrning ortiqcha yuklanishi kutilyotgan operativ aloqaga olib kelamaganlik jarayoniga duch kelishga to‘g‘ri keldi. Texnikani rivojlanishi esa bu muammoni yechilishga sabab bo‘ldi. Bu yechim tarkibi quyidagicha, ya’ni xar bir kanal aniq foydalanuvchiga mustaxkamlanadi, sistema esa band bo‘lmagan chastotani o‘zi tanlaydi va abonentga muloqat aloqasini ulab beradi. Abonentga istalgan bo‘sh kanalga chiqish va bo‘sh kanallarni izlash natijasida abonent-trank tizimi tug‘ildi, xamda ularning yoqib o‘chirilishini aloxida elektron uskuna shug‘ullana boshladi. Trank tizimi abonentlar o‘rtasidagi kanallarni dinamik taqsimlashni ta’minlaydi va shu tizimga ajratilgan radio spektrni bir xil va to‘liq yuklaydi. Trank tizimini efektiv ishlashi uchun bir xil kanallarga kirishda sistemaning umumiy bandligi nimadan (joylanishini )terilishini bilish lozim.

  2. Trank tizimining tarkibini ikki qismga ajratsak bo‘ladi:

Baza-Retranslyator va abonent qurilmasi. Bazo-retranslyator qurilmasi odatda o‘zining trank sistemasi boshqaruvidan, retranslyator quvvat blokidan va antenadan tuzilgan. Ko‘psonli kanal tizimni qurishda traktda javob beruvchi ko‘p sonli qabul qilguvchilar uchun qo‘shimcha qurilmalar kerak bo‘ladi, yani dupleksli filter, panelni taqsimlovchi, montaj tirgovchilar, ozuqa filtrlari va boshqalar.Undan tashqari tizimni boshqarish va aloqa vaqtini hisobga olish uchun shaxsiy kompyuter bo‘lishi kerak. Abonent qurilmasi trank logik trank moduli o‘rnatilgan radiostansiyani namoyish etadi. Bu model istemolchiga radiostansiyani olib borishdan avval dastrulanadi va mantaj qilinadi.Keyinchalik abonent radiostansiya trank tizimini qayta dasturlash mumkin, albatta talabnda kelib chiqqan holda.
Abonent qurilmasi istemolga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-Statsionar qurilma: o‘zgaruvchan to‘k manbai bilan ishlaydigan ish joyiga,uy,dala hovliga o‘rnatiladigan radiostansiya.
-Mobil qurilma: avtomobil radiostansiya
-Olib yuruvchi qurilma:akumlyator yoki batereyada ishlaydigan portativ radiostansiya.
3. Trank tizimining tarkibini ikki qismga ajratsak bo‘ladi:
Baza-Retranslyator va abonent qurilmasi.
4. Trank tizimlarni ko‘rish yordamida keyinga aloqa turlarini realizatsiya qilish:
1.Radioabonent-radioabonent
2.Guruh bilan aloqa va guruh ichidagi aloqa.
3.Radioabonent-telefon
4.telefon-radioabonet
5.tez va favqulotdagi chaqiruv.
6.trank tizimidan tashqari aloqa
5. Abonentlar operativ va nisbatan qimmat bo‘lmagan aloqani shaxsiy radiochaqiriq tizimi yoki peydjing ta’minlab beradilar ShRChT. ShRChTning ishlashi shunga asoslanganki, ko‘p hollarda ikki tomonlama radioaloqani tashkil qilish talab qilinmaydi. Qisqa xabarni yoki chaqirishni uzatishning o‘zi kifoya.
Bunday masala abonentlar katta bo‘lmagan (peydjer deb ataluvchi) qabul qilgichlar bilan ta’minlanganda radiouzatgichlarni qo‘llash evaziga yechiladi.
ShRChT ikki turga bo‘linadi: shaxsiy va umumiy foydalanish.
Shaxsiy (lokal) ShRChT lar radiochaqiriqni chegaralgan hududi ta’minlanadi. Belgilangan foydalanuvchilar guruhi uchun kam quvvati bir yoki bir nechta radiouzatgich qo‘llaniladi. Umum TLF tarmoqlari bilan birgalikda ishlamagan holda chaqiriq dispetcher punktlar orqali bajariladi. Umum foydalanish peydjing tizimlarda esa umum TLF tarmoqlari orqali radiokanal bilan chegaralangan hamda xabarlar jo‘natiladi. Zamonaviy peydjing tizimlar umum TLF tarmoq bilan avtomatik ravishda birga ishlaydi, xabarni va chaqirishni raqamli usulda uzatishni qo‘llaydi va yuksak halaqitbardosh uzatishga va o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Eng chetki qurilmalar miniatyurlanishi natijasida sarflanuvchi energiyani tegishli kamaytirish imkonini beradi. Bunday tizimlarning boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlaridan biri bu xizmat ko‘rsatish zonasining ko‘lami mamlakat miqyosida va o‘zaro xalqaro miqyosida bir-biri bilan ishlashini ta’minlash, hamda narxi past bo‘lishi, ekspluatatsiya qilish soddaligidadir. Eng avvalo peydjing tizimi London gospitallarining birida 1956 yilda ishga tushirilgan. Birinchi keng tarmoqli ShRChT AQSh va Kanadada 60 yillarning boshlarida yaratilgan ko‘lami katta bo‘lgan ShRChT Yevropa mamlakatlari orasida Golandiya, Belgiya, Shveysariyada 1964-1965 yillarda ishga tushurilgan. ShRChT 80 dan 1000 MGs gacha bo‘lgan radiochastotali diapazonda ishlaydi.
ShRChTlarni sotali yoki boshqa harakatdagi aloqa tizimlari bilan kombinyatsiyalab ishlatish mumkin va ular bilan birgalikda qo‘llash imkoni bor. Bunday tizimlarda foydalanuvchi kirish telefon chaqiriqlari haqida xabardor qilinish va javobini qulay vaqtda jo‘natish mumkin peydjer shaxs yonida olib yuradigan qabul qilgich o‘rnatilish mumkin.
Hozirgi vaqtda hamma joyda peydjing tizimlari o‘rnini sotali aloqa tizimlari egallamoqda.
Shu sababli bunday tizimni faqat umumiy tizim prinsiplarini qarab chiqamiz.
6. Har bir peydjing tizimi o‘zaro birga ishlovchi qurilmalardan tashkil topadi. Abonetlararo ma’lum yordam xizmatlarning ko‘rsatilganligi uchun. Peydjing tizimining tekis struktura sxemasi 8.1 rasmda ko‘rsatish va unda tayanch xizmatlar va ularni o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

8.1-rasm. Peydjing tizimining tipik struktura sxemasi.

8.1-rasmdan ko‘rsatilganidek axborotlarni jo‘natishning asosiy xizmati har qanday peydjing tizimining muhim xizmati hisoblanadi. Uning vazifasi uzatish tizimini boshqarish (yoki uni terish) va axborotlarni abonentlarga bevosita jo‘natishdan iborat. Axborotlarni jo‘natishning asosiy xizmati peydjing tizimining muhim imkoniyatlarini aniqlaydi: abonentlar soni, qo‘llaniladigan protokol (yoki ularni terish), uzatish tezligi, uzatgichlar soni va ularning ish usuli va h.k.


7. Shaxsiy radiochaqiriq tizimining markaziy tarkibi (komponent) uning imkoniyatini aniqlovchi peydjing terminalidir.
Peydjing terminal - abonent manzilini qabul qiluvchi va kirish qurilmasi (klaviatura yoki kompyuter)dan uzatuvchi va muayyan formatda past chastotali signalni uzatgich modulyatoriga beruvchi qurilmadir. Bundan tashqari terminal kommunikatsiyaviy kanallar buyicha uzatgichlar tizimini boshqarish mumkin.


Xulosa
Men bu laboratoriya ishida SMARTRUNK-II tranking va shaxsiy radioaloqa tizimining ishlash tamoyillarini o‘rgandim. Radioaloqalarni ishlashini qanday tuzilganligni smartrunkni radioaloqaga qanday bog’liqligini o’rganib chiqdim.
Juda zo’r bilimlar uchun rahmat.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling