Laboratoriya mashg‘uloti smartrunk-ii tranking va Shaxsiy radioaloqa tizimi ishlash prinsiplarini o‘rganish Ishdan maqsad


Peydjing tizimining struktura sxemasi


Download 0.77 Mb.
bet5/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1328418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
8-11-LAB.S.T

Peydjing tizimining struktura sxemasi.
Har bir peydjing tizimi o‘zaro birga ishlovchi qurilmalardan tashkil topadi. Abonetlararo ma’lum yordam xizmatlarning ko‘rsatilganligi uchun. Peydjing tizimining tekis struktura sxemasi 8.1 rasmda ko‘rsatish va unda tayanch xizmatlar va ularni o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

8.1-rasm. Peydjing tizimining tipik struktura sxemasi.

8.1-rasmdan ko‘rsatilganidek axborotlarni jo‘natishning asosiy xizmati har qanday peydjing tizimining muhim xizmati hisoblanadi. Uning vazifasi uzatish tizimini boshqarish (yoki uni terish) va axborotlarni abonentlarga bevosita jo‘natishdan iborat. Axborotlarni jo‘natishning asosiy xizmati peydjing tizimining muhim imkoniyatlarini aniqlaydi: abonentlar soni, qo‘llaniladigan protokol (yoki ularni terish), uzatish tezligi, uzatgichlar soni va ularning ish usuli va h.k.


Axborotlarni uzatishning asosiy xizmati rouming (axborotlarni tarqatish) xizmati bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Uning vazifasi axborotlarni peydjing yoki federal tizimga uzatishdan iborat. Rouming xizmati abonent hatto xizmat doirasidan tashqarida bo‘lganda ham axborotlarni qabul qilish imkonini beradi. Masalan, abonent boshqa shaharda xizmat safarida bo‘lganida, axborot u yashayotgan shaharning peydjing tizimiga jo‘natiladi. Bunday xizmatni amalga oshirish turli peydjing kompaniyalari o‘zaro tegishli bitimlarni ishlab chiqqandagina amalga oshirishi mumkin.
Axborotlarni jo‘natish asosiy tizimi axborotlarni tayyorlashning turli xil xizmatlariga bog‘liq. Qoidaga asosan, tuzilgan peydjing tizimida axborotlarni tayyorlash xizmatini birinchi amalga oshirish xizmati bo‘lib operatorlar yordamida axborotlarni tayyorlash xizmati hisoblanadi. Uning vazifasi abonent uchun axborotlarni tayyorlash va uni axborotlarni jo‘natishning asosiy tizimi yoki rouming xizmati yordamida jo‘natishdan iborat. Peydjing tizimi abonentiga axborot jo‘natmoqchi bo‘lgan har bir shaxs peydjing kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qiladi va uni operatorga uzatadi. Operator axborotni qabul qiladi, uni tizimga kiritadi va navbatdagi uzatishga tayyorlaydi.
Axborotlarni tayyorlash xizmatining keyingisi uzoqlashtirilgan kirish xizmati hisoblanadi. U ajratib chiqarilgan operator joylarini tashkil etish va kompyuter aloqalarni jo‘natish imkonini beradi. Bu xizmatga uzoqlashtirilgan kirishning tegishli qismlarini amalga oshiruvchi ikki turdagi xizmat: ajratib chiqarilgan operator joylari va axborotlarni kompyuterda jo‘natish xizmatlari qarashlidir.
Ajratib chiqarilgan operator joylari xizmati peydjing kompaniyasiga boshqa kompaniyalar va tashkilotlar uchun o‘zining tizimiga qulay kirish imkonini beradi. Masalan, tashkilotning ko‘pchilik xodimlari biror bir peydjing kompaniyasi abonentlari deylik, bunday holatda har safar axborot jo‘natish uchun peydjing kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilish ko‘p vaqtni oladi va juda noqulay. Bunday muammo bo‘lmasligi uchun tashkilotda ajratib chiqarilgan operator joylari o‘rnatiladi (yoki hatto ajratib chiqarilgan joylar tarmog‘i) va undan axborotlar bevosita jo‘natiladi.
Axborotlarni kompyuterda jo‘natish xizmati axborotlarni jo‘natuvchi kompyuter tarmog‘idan foydalanish, elektron pochta yordamida kelgan xat to‘g‘risida axborot jo‘natish xizmatini bajaradi. Bunday xizmat abonentlar uchun juda qulay bo‘lib, ularni o‘z pochtalarini doimo nazorat qilib turishdan ozod qiladi.
Navbatdagi axborotlarni tayyorlash xizmati bu raqamli axborotlarni jo‘natish xizmatidir. Bu xizmat peydjing stansiyasiga qo‘ng‘iroq qilingan har bir shaxsning abonentga operator yordamisiz mustaqil ravishda raqamli axborot jo‘natish imkonini beradi ( qo‘ng‘iroq qilishda DTMF telefonidan foydalanish shart).
Axborotlarni avtomatik jo‘natishdan foydalanilganda axborot matni qo‘ng‘iroq qilingan shaxs tomonidan telefon klaviaturalari yordamida teriladi. Bu usul qisqa axborotlarni jo‘natishda juda qulay (masalan abonent qo‘ng‘iroq qilishi lozim bo‘lgan telefon raqami), butun jarayon operator yordamisiz amalga oshirilgani uchun juda tez bo‘ladi.
Raqamli axborotlarni avtomatik jo‘natish xizmati bilan rasmiy axborotlarni jo‘natish xizmati birgalikda ishlaydi. Bu xizmat operator yordamisiz faqat raqamli axborotlarnigina emas, balki standart matnli axborotlarni ham jo‘natish imkonini beradi. Bu axborotlarni avtomatik jo‘natish xizmati rivojlanishining navbatdagi pog‘onasi hisoblanadi. Bunda har bir standart matnli axborotga raqamli kod qo‘yiladi. Muayyan axborotni jo‘natish uchun (DTMF telefonida teriladi) peydjing stansiyasiga qo‘ng‘iroq qilinadi va ushbu axborotning kodi teriladi. Jo‘natilayotgan axborot so‘ngida telefon raqami yoki boshqa qo‘shimcha raqamli ma’lumotni jo‘natish mumkin.
Nihoyat, axborotni tayyorlash xizmatlaridan yana biri ovozli pochta xizmatidir. Ovozli pochta – telekommunikatsiyaning yangi sohasi bo‘lib, elektron pochtaning mantiqiy davomi hisoblanadi. Elektron pochtadan foydalanilganda matnli, ovozli pochtadan foydalanilganda esa ovozli xatlar uzatiladi. Xat matni maxsus kengaytiruvchi plata yordamida matnni raqamli holatga keltiruvchi kompyuterga aytib yoziladi. Keyin u kompyuter tarmog‘i bo‘yicha adresga uzatiladi. Qabul qiluvchi kompyuterda bu xatni yana ovozli holatga aylantiradi va adresat uni tinglaydi.
Ovozli pochta xizmati ovozli xatlarni qabul qiladi va abonent peydjiriga u to‘g‘risida axborotni uzatadi. Xat to‘g‘risida axborot olgan abonent DTMF naborli telefonidan peydjing stansiyasiga qo‘ng‘iroq qiladi, telefon klaviaturasidan o‘z raqamini, kelgan xat raqami va parolni teradi. Shundan so‘ng kelib tushgan xat uning telefonga uzatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir peydjing tizimi uchun yuqorida keltirilgan xizmatlardan axborotlarni jo‘natish asosiy xizmati va axborotni tayyorlash muhimdir. Qolgan barcha xizmatlar uncha muhim emas va qoidaga asosan tizimdan foydalanish jarayonida uning rivojlanishini abonentga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha servissiz qo‘llaniladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling