Laboratoriya mashg‗ulotining rejasi


Download 34.97 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi34.97 Kb.
#1122106
  1   2   3
Bog'liq
3-MAVZU. LAB


3-LABORATORIYA MASHG`ULOTI.
POTENSIOMETRIYA NAZARIY ASOSLARI VA DORI VOSITALARI TAHLILIDA QO’LLASH.
Laboratoriya mashg‗ulotining rejasi

  1. Potensiometrik titrlash usuli haqida ma‘lumot.

  2. Potensiometrik titrlash orqali Ampitsillinning 250 - 500mg jelatinli kapsulasi miqdoriy tahlili Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni potensiometrik tahlil usulining nazariy asoslarini amaliyotda ko‗rsatish, bunda ishlatiladigan moslama bilan tanishtirish, shu moslamani ishga tayyorlash bosqichlari bilan tanishtirish va unda tahlilni amalga oshirish ko‗nikmasini shakllantirish. Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar:

- Potensiometrni ishga tayyorlash;
-Dori vositalarini ishqoriyligini potensiometrik usulda aniqlash;
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: Darslik, ma‘ruza matni, o‗quv qo‗llanmalar, Potensiometr, voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‗rgazmali materiallarlar, skotch, qog‗oz
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Potensiometrik titrlash - neytrallash, cho‗kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish - qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo‗llaniladi. Rangli va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan elektrod juftligida hosil bo‗ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYUK) o‗lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi.
Elektrod juftligi taqqoslash elektrodi va indikator elektroddan iborat. Indikator elektrod potensiali titrlash jarayonida faol qatnashuvchi yoki hosil bo‗luvchi ionlar konsentratsiyasi bilan bog‗liq bo‗lib, taqqoslash elektrodining potensiali doimiy qiymatini saqlab qoladi. Titrlanganda elektrod juftligi odatda tekshiriluvchi eritmaga tushiriladi.
Taqqoslash elektrodidan diffundirlanayotgan ionlar titrlash jarayoniga to‗sqinlik qilsa, taqqoslash elektrodi va tekshiriluvchi eritma elektrolitik ko‗prik orqali tutashtiriladi. Ushbu elektrolitik ko‗prik ionlari to‗sqinlik qilmaydigan elektrolit eritmasi bilan to‗ldirilgan P -shakldagi naycha ko‗rinishda bo‗ladi (rasm 9).

Rasm 1. Potensiometrik titrlash usulida ekvivalent nustani anislash


Suvsiz sharoitda potensiometrik titrlash usulida elektrolitik ko‗prik yoki taqqoslash elektrodi kaliy yoki litiy xloridni tegishli suvsiz erituvchidagi eritmalari bilan to‗ldiriladi.


Tahlil davomida titrlangan eritmani byuretkadan bir xil miqdorda aralashtirib turilgan holda qo‗shiladi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashganda titrantni 0,1 ml yoki 0,05 ml dan qo‗shilib, har gal EYUK o‗lchanadi.
Indikatorli elektrod va taqqoslash elektrodi orasidagi potensiallar farqidan paydo bo‗ladigan EYUK yuqori omli potensiometr yordamida(pH- metr bilan) o‗lchanadi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashgan sari EYUK qiymati keskin o‗zgarib, EYUK o‗zgarishi ()titrlovchi miqdorining o‗zgarishiga ( V ) nisbatini mutloq qiymati bu nuqtada maksimal bo‗ladi.
Titrlash natijasini grafikda ifodalab, hosil bo‗lgan egri chiziq yordamida ekvivalent nuqtani hisoblash

yo‗li bilan


V va


(  )
V
maksimal qiymatini aniqlash mumkin.

XI Davlat farmakomeyasidagi «Potensiometrik titrlash» umumiy maqolasida potensiometrik titrlash
egri chizig‗i, titrantning ekvivalent miqdorini hisoblash namunasi, turli usullarda titrlashda elektrod tizimini tanlash jadvali keltirilgan. Kislotali - asosli titrlashda - shisha elektrod, cho‗ktirish usuli qo‗llanganda - kumush elektrodi qo‗llanadi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyasiga asoslangan usullarda platinali indikator elektrod qo‗llanadi.



Download 34.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling