Laboratoriya mashg’ulotlari


Download 0.81 Mb.
bet13/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
M

Spektrofotometrni yoqish


    1. Pardani 12 buragichini "zakr" holatga qo’yib fotoelementni yoping (unga yorug’lik tushmasin) va 10 buragiсh bilan tirqishlarning kengligini 0.15 nm qilib o’rnating.

    2. "Set" deb yozilgan tugmachani bosing, bu vaqtda uning ustidagi indikator lampa yonishi kerak. MPSning "pusk" tugmasini bosing, tabloda vergul belgisi yonib ko’rinishi kerak.

    3. Richag 15 "N" holatga qo’yilgan bo’lsa "set" tugmashasini bosganda cho’g’lanish lampasi, agar, u "D" holatda turgan bo’lsa deyteriy lampasi yonishi kerak.

    4. Spektrofotometrning ishlashi u yoqilganidan 30 daqiqadan so’ng turg’unlashadi.

    5. Spektrofotometr "set" tugmashasini bosish orqali o’chiriladi.

Spektrofotometrda ishlash tartibi


    1. Spektrofotometrni “spektrofotometrni yoqish” bo’limida ko’rsatilgan qoidalarga amal qilib yoqing.

    2. Kyuveta ushlagichga o’lchanadigan namunalar solingan bittadan uchtagacha kyuveta, to’rtinchi joyga standart (erituvchi) to’ldirilgan kyuveta o’rnatilishi mumkin. Kyuveta ushlagichni kyuveta bo’limidagi karetaga o’rnating.

    3. To’lqin uzunliklarini o’rnatadigan buragichni katta to’lqin uzunliklari tomon burab kerakli to’lqin uzunligini o’rnating. Agar buraganda keragidan katta to’lqin uzunligiga o’tib ketilsa shkalani 5 - 10 nm orqaga surib keyin ehtiyotkorlik bilan kerakli to’lqin uzunligini o’rnating.

    4. Tanlangan spektral oraliqda o’lchashni ta’minlaydigan yorug’lik manbaini 15 richag orqali va shu oraliqqa sezgir bo’lgan fotoelementni 14 buragich orqali o’rnating.

    5. Agar kuchlanishning kattaligi noma’lum bo’lsa har bir yangi o’lchashdan oldin fotoelementlarni ko’p yorug’lik tushib erta ishdan chiqishini oldini olish uchun tirqishlarning kengligini eng kichik, 0.15 nm qilib o’rnatish kerak.

    6. Kyuveta bo’limining qapqog’i mahkam yopilgan vaqtda fotometrik tabloning ko’rsatishini yozib olish kerak. Kyuveta bo’limining qapqog’ini faqat pardaning buragichi "zakr" holatida turgan vaqtdagina ochish mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling