Laboratoriya mashg’ulotlari


a-rasm. SPEKORD-M40 UB spektrometrining ko’rinishi (Germaniya)


Download 0.81 Mb.
bet11/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
M

4a-rasm. SPEKORD-M40 UB spektrometrining ko’rinishi (Germaniya)




4b-rasm. SF-46 UB spektrofotometri (Rossiya)
Spektrni olish uchun idishchalarni monoxromator va detektor o‘rtasida joylashtiriladi, noma'lum moddalarni maxsus erituvchilarda eritiladi. Erituvchilar sifatida ko‘p hollarda asosan metanol, etanol, suv yoki to‘yingan uglevodorodlar - geksan, geptan, siklogeksanlarni ishlatish mumkin, chunki yaqin ultrabinafsha sohasida boshqa erituvchilar yutilish maksimumlarini namoyon qiladi.
UB spektroskopiya uchun juda suyuq eritmalar ishlatilib, spektrdan to‘lqin uzunlikning maksimum qiymati (γ, maks) va unga tegishli bo‘lgan optik zichlikning ε maks qiymati aniqlanadi.


      1. SF - 46 spektrofotometrning tuzilishi va ishlash prinsipi


SF - 46 spektrofotometri suyuq va qattiq shaffof (tiniq) moddalarning o’tkazish koeffitsiyentlarini spektrning 190 dan 1100 nm gacha bo’lgan oraliqda o’lchashga mo’ljallangan. Spektrofotometr 1 monoxromator, 9 MPS, 3 kyuvetalar o’rnatiladigan bo’lim, 4 fotoelementlar va kuchaytirgich joylashgan kamera va yorug’lik manbalari hamda slabilizatorni o’z ishiga olgan 2 yoritgichdan iborat qismlardan tuzilgan (5- rasm).
Monoxromatorni tashkil etuvchi optik va mexanik qismlar yorug’lik o’tkazmaydigan g’ilof bilan yopilgan, MPS ni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi manba, to’lqin uzunliklarini o’rnatish uchun xizmat qiluvchi hisob qurilmasi va
tirqishlarning kengligini o’rnatadigan buragich spektrofotometrining asosiga o’rnatilgan. Shu asosga mahkamlangan qo’shimcha asosga kyuvetalar o’rnatiladigan qism hamda kuchaytiruvchi va fotoelementlar joylashgan kamera ham o'rnatilgan.

5-rasm. Spektrofotometrning old tomonidan ko'rinishi.


  1. monoxromator, 2-yoruglik manbalari va stabilizator joylashgan bo‘lim, 3-kyuve-talar bo‘lmasi, 4-fotoelementlar va kuchaytirgich joylashgan qism, 5-chiqish tirqishi-dan o‘tayotgan yorug’likni to'lqin uzunligini ko'rsatuvchi hisob qurilmasi, 6-difrak-tsion panjarani vertikal o'q atrofida buruvchi buragich, 7-spektrofotometrni yoqilga-nini ko'rsatuvchi bildirish chirog‘i, 8-asbobning asosi, 9- mikroprotsessor, 10-kirish va chiqish tirqishlarini kengligini o'rnatuvchi buragich, 11-yorug'lik yo'liga kyuvetani o'rnatadigan buragich, 12 - pardani ochib-yopadigan buragich, 13-fotoelementlarga yorug'lik tushmagandagi signalni nolga to'g'rilovchi buragich, 14-fotoelementlarni almashtiruvchi dasta, 15-yorug'lik manbalarini almashtiruvchi richag.

Spektrofotometrning kirish va chiqish tirqishlarining balandligi 15 millimetr bo’lib kengligini to’lqin uzunligi birligida 0.15, 0.5, 1.0, 2.5 va 6.5 nm gacha o’zgartirish mumkin. Yuqorida aytilganday, ularning kengligi bir vaqtda 10-buragich yordamida o’rnatiladi. Yorug’lik manbalarini almashtirish spektrning 340 dan 350 nanometrgacha bo’lgan oralig’ida 15-richagni "D" harfi qarshisidan "N" harfiga (yoki teskari) burash orqali amalga oshiriladi. Bunda yorug’lik manbalarini o’rab turgan g’ilofning ustidagi "D" harfi - deyteriy lampasiga, "N” harfi -cho’g'lanish lampasiga to’g’ri keladi. Suyuq namunalarni tadqiq qilish uchun spektrofotometrda kvarts shishasidan tayorlangan to’g’ri burchakli kyuvetalar ishlatiladi. Kyuvetalarda suyuqlik qatlamining qalinligi 1 sm bo’ladi. Bir vaqtda to’rtta kyuvetaga suyuqlik quyib ularni maxsus kyuveta ushlagich orqali karetkaga qo’yish mumkin. Karetka 11-buragich orqali siljitiladi. Tushayotgan monoxromatik yorug’likning to’lqin uzunligiga qarab 14-buragich orqali mos fotoelement o’rnatiladi. Agar, buragich "F" holatda tursa yorug’lik surma-seziy, "K" holatida esa kislorod-seziy fotoelementlariga tushadi. MPS da fotometrik tablo va o’lchash jarayonini boshqarish uchun klaviaturalar bor.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling