Laboratoriya mashg’ulotlari


Download 0.81 Mb.
bet8/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
M

Yorug’lik filtrini tanlash. Buning uchun intensivligi katta bo’lgan rangli eritmaning optik zichligi ketma-ket yorug’lik filtrlari kiritish bilan o’lchanadi.

Rangdor eritmaning optik zichligi kyuvetada 1 cm qalinlikdagi distillangan suvga nisbatan solishtirib o’lchanadi. Olingan qiymatlar jadvalga yoziladi va darajalash grafigi chiziladi.

  1. jadval

Optik zichlikni taqqoslash



Yorug’lik
filtrining rаqаmi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

O’tkazuvchanligi
, nm

315

364

400

440

490

540

582

610

630

Оptik zichlik, A






























Darajalash grafigini tuzish. Tanlangan yorug’lik filtri bilan hamma standart rangli eritmalarni distillangan suvga nisbatan solishtirib optik zichliklar o’lchanadi, so’ngra jadvalga yoziladi va darajalash grafigi tuziladi.

  1. jadval

Standart rangli eritmaning optik zichliki



Stаndаrt eritmа
rаqаmi

1

2

3

4

5

6-tеkshirilаdigаn
eritmа

Nikеlning miqdоri,
mkg

315

364

400

440

490

540

Оptik zichlik, A1 A2
A3
Ao’rt.



















Darajalash grafigiga asosan tekshiriladigan eritmaning tajribaga olingan qismidagi nikel miqdori topiladi. Nazorat eritmadagi nikelning umumiy miqdori formuladan aniqlanadi:



GNi
2+ = 𝐶𝑋∙𝑉𝐴∙𝑉𝐾∙10−3
𝑉𝑛

Bu erda CX-tekshiriladigan eritmaning konsentratsiyasi, mg (grafikdan topilgan)
VA- tekshiriladigan rangli eritmaning hajmi, ml; VK -tekshiriladigan eritmaning umumiy hajmi, ml;
Vn-tekshiriladigan eritmaning rangli eritma tayyorlash uchun olingan qismi, ml; 10-3- mg dan grammga o’tish uchun ko’paytma.


Nazariy savollar


  1. Fotokolorimetrik usulni tushuntiring.

  2. Fotoelektrokolorimetr va spektrofotometrning ishlash prinsipini tushuntiring.

  1. Fotometrik analiz uchun rangli eritmalar olishda qanday tipdagi reaksiyalardan foydalaniladi.

  2. FEK-56M ning prinsipial sxemasini chizing.

  3. FEK-56M ni ishga tayyorlash nimadan iborat va u qanday tartibda ishlatiladi.

    1. ULTRABINAFSHA (ELEKTRON) SPEKTROSKOPIYA


Yorug‘lik ko‘zga ko‘rinadigan nur. Bundan tashqari inson ko‘zi sezmaydigan rentgen, ultrabinafsha, infraqizil va radioto‘lqinlar mavjud. Nurlarning barcha turlari elektromagnit to‘lqinlar deb nomlanadi. Turli xil nurlar to‘lqin uzunliklarining ortib borishi 10 tartibida joylashtirilsa, elektromagnit spektr hosil bo‘ladi. Demak, spektr to‘lqin uzunliklar yoki tebranish chastotalari bo‘yicha (ya'ni, energiyasi bo‘yicha) elektromagnit nurlanishlarning miqdoriy taqsimlanishidir.


Bu spektr to‘lqin uzunligi bir necha kilometr bo‘lgan kichik chastotali to‘lqin (o‘zgaruvchan tok) bilan boshlanib, to‘lqin uzunligi santimetrning yuz milliondan bir ulushiga teng bo‘lgan gamma (radioaktiv) nurlar bilan tugaydi. Elektromagnit spektrning fizikaviy usullari qo‘llanadigan sohalarni quyidagicha izohlash mumkin:



To‘lqin uzunligi

10-3 nm

10 nm

400 nm

800 nm 300
mkm

300 mm

200 mm

Spektral soha

rentgen nurlar

ultra binaf- sha nur

Ko‘zga ko‘rinadi- gan nurlar

infraqizil nurlar

mikroto‘l- qinli nur

qisqa radio to‘lqinlar

Kuzatilayot- gan yutilish spektri




Elek- tron spektr




IQ-spektr




YaMR
spektr, EPR spektr

Ultrabinafsha (UB-) spektroskopiya yoki elektron o`tishlar spektroskopiyasi. Molekuladagi yuqori to`lgan elektron pog`onalardan bo`sh pog`onalarga (qo`zg`algan molekulalar) elektronlar o`tishida moddaning UB yoki ko`rinuvchan nur sohalaridagi elektromagnit nurlanishlarini yutishiga asoslanadi. Odatda UB-spektroskopiya kon`yugirlangan π-bog`lar sistemasi mavjudligi va ularning tafsilotlarini aniqlashda ishlatiladi.
Ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinuvchan nurlar ta'sirida molekula va atomlar valent elektronlarining energetik holatlari o‘zgaradi (UB va elektron spektrlar).
Aniqlanayotgan modda tomonidan elektromagnit to‘lqinlarning tanlab yutilishini o‘lchashga asoslangan fizikaviy usullar - spektroskopik usullar deb nomlanadi.
Optik spektroskopiya usullaridan biri bo‘lgan ultrabinafsha spektroskopiyasi to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlarni berish mumkin.
Nurlanish jarayonida to‘lqinlar bir xil chastotaga ega bo‘lsa, ular monoxromatik nurlar bo‘ladi, ya'ni bunday nurning energiyasi bir xildagi hν ga teng bo‘ladi. Agar monoxromatik nurni yutish xususiyatiga ega bo‘lgan moddaning eritmasiga tushirilsa, uning ma'lum qismi ushlanib qoladi va natijada eritmadan o‘tgan nurning intensivligi kamayadi.
To‘lqin uzunligining qiymati bilan yutilish intensivligi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifoda etadigan egri chiziqni yutilishning spektral chizig‘i deb aytiladi. Qiymatlar ultrabinafsha va infraqizil yutilish sohalarining sifat analizida katta ahamiyatga ega.
Elektromagnit spektrining ultrabinafsha sohasi to‘lqin uzunligini qiymatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan ikki xil sohachalarga, ya'ni uzoq ultrabinafsha va yaqin ultrabinafsha sohachalariga bo‘linadi. Birinchi sohadagi to‘lqin uzunligi- ning qiymati 190 nm dan kichik bo‘lib, uning oxirgi kichik qiymati rentgen nurlarining sohasiga yaqinlashadi. Yaqin ultrabinafsha sohaga tegishli bo‘lgan to‘lqin uzunlikning qiymati
190 nm dan yuqori bo‘lib 450 nm gacha bo‘lgan sohani o‘z ichiga oladi. Uzoq ultrabinafsha sohani o‘rganish murakkab asbob-uskunalarni talab qiladi.
Amaliyotda organik moddalarning tuzilishini o‘rganishda yaqin ultrabinafsha soha keng miqyosda ishlatiladi. Bu sohada yutilishning sodir bo‘lishiga asosiy sabab, molekulalarda to‘yinmagan guruhlar, hamda taqsimlanmagan elektronlari bo‘lgan atomlarning bo‘lishidir. Yaqin ultrabinafsha sohasida yutilish maksimumini beradigan guruhlarga xromoforlar deb aytiladi.
Agar molekulada xromoforlar ko‘p miqdordagi boshqa xromoforlar bilan bog‘langan bo‘lsa yutilish maksimumining qiymati katta to‘lqin uzunlikdagi sohaga siljiydi, shuning uchun ham bunday tuzilishdagi birikmalar ko‘p hollarda rangli bo‘lib, yutilish maksimumini ko‘zga ko‘rinadigan sohada ( 450-850 nm) namoyon qiladi.



      1. Download 0.81 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling