Laboratoriya mashg’ulotlari


FOTOKOLORIMETRIK ANALIZ USULI


Download 0.81 Mb.
bet4/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
M

FOTOKOLORIMETRIK ANALIZ USULI


Fotokolorimetrik usul spektrning ko’rinuvchi soxasida nur yutilishini yoki yutilish spektrini aniqlashga asoslangan. Analizning lyuminestsent yoki fluroestsent usulida moddalar ultrabinafsha nurlar bilan nurlantrilganda ulardan tarqaluvchi ko’rinuvchi nurlarning intensivligi aniqlanadi.


Fotokolorimetrik analiz usulda sezgirlikni oshirish aniq natija olish uchun fotometrlanayotgan rangli eritmaga yutilayotgan nurning eng katta qiymatini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ko’zga ko’rinadigan spektrlar soxasidan ma’lum bir to’lqin uzunligidagi nurlarni ajratib olish uchun nur yutuvchi eritmalar oldiga yorug’lik oqimi yo’liga nur yutgichlar, yani yorug’lik filtrlari o’rnatiladi. Nur filtrlari sifatida rangli shishalar va plyo’nkalar rangli suyuqliklar va interferension nur filtrlari ishlatiladi.
Fotoelektrokolorometrik analiz. Fotoelektrokolorometrik aniqlash ishlarida fotoelementning nur yoyuvchi sirti yoritilishi natijasida paydo bo’ladigan va zanjirdagi galvanometr yordamida yozib olinadigan fototok kuchiga qarab rangli eritmadan o’tgan nur intensivligi haqida fikr yuritiladi. Aniqlash ishlari maxsus asboblar- fotokolorimetrlarda olib boriladi. Eng ko’p tarqalgan fotokolorimetrlar ikki yelkali yoki differensial fotokolorimetrlardir.




1-rasm. FEK-56M fotoelektrokolorometri va uning cxemasi.





  1. rasmda fotoelektrometrning ishlash sxemasi keltrilgan. Nur manbai- cho’g’lanuvchi lampa (1) dan nur oqimi uni ikki oqimga bo’luvchi va yassi ko’zgular

(4) ga yo’naltiruvchi prizma (3) ga tushadi. Ko’zgular nurni ikki parallel oqimlar ko’rinishida qaytaradi. Nurning parallel oqimlari nur filtrlarich (5) dan o’tadi va eritma solingan kyuvetalarga tushadi. 6-kyuvetaga erituvchi, 7-kyuvetaga tekshiriladigan eritma solinadi. Nur kyuvetalardan o’tganda qisman yutiladi. Kyuvetalardan o’tgan nur oqimlari suriluvchi diafragmalar (8) dan o’tib, ko’zgular (1) dan qaytadi va orqasida fotoelement (9) bo’lgan oq rangli shisha (12) ga tushadi. Suriluvchi diafragmalar ularga
biriktrilgan hisob barabanlari aylanganda tirqish kengligini o’zgartiradi va fotoelementga tushayotgan nur oqimining intensivligini o’zgartiradi. Fotoelementda nur oqimiga mutanosib bo’lgan tok vujudga keladi. Ikkala fotoelement mikroampermetr
(10) bilan ulangan.
Fotoelektrokolorometr FEK-56M ning tashqi ko’rinishi 1–rasmda tasvirlangan. Cho’g’lanuvchi lampa asbobning orqa qismida joylashgan. Yorug’lik nurini fotoelementga faqat aniqlash vaqtida tushishini ta’minlash uchun nur oqimini berkitadigan parda bor. Parda tutgich (3) yordamida ochiladi. Har xil rangdagi nur filtrlagichlar asbobning orqa tomoniga mahkamlangan diskka o’rnatilgan. Nur filtrlagich tutqich (8) yordamida yopiladi. Tutqichda nur filtrlagichlarning soni ko’rsatilgan. Tajribani boshlashda asbobga kyuvetalar to’plami (3ta kyuveta) o’rnatiladi. Yorug’lik nuri eritma solingan kyuvetadan o’tib, fotoelementga tushadi. Har bir fotoelementning yoritilganlik darajasi diafragma yordamida sozlansa diafragma tirqishining kengligi hisobga olinuvchi barabanlar (5) yordamida to’g’irlanadi. Har bir baraban (5) ga ikkita shkala chizilgan. Qora shkala–yorug’lik o’tkazish shkalasi – yorug’lik o’tkazish koeffitsiyentini ko’rsatadi. Qizil shkala tekshiriladigan eritmaning o’ptik zichligini ko’rsatadi.
FEK–56 asbobida cho’g’lanuchi lampa PH – 35 (8B, 3Bt) va simob-kvartsli lampa DRK- 120 ishlatiladi. Ular 314-630 nm diapazonda ishlash imkonini yaratadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling