Laboratoriya mashg’ulotlari


FEK-56 asbobida ishlash texnikasi


Download 0.81 Mb.
bet5/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
M

FEK-56 asbobida ishlash texnikasi. 1. Asbob ish boshlashdan 25-30 minut oldin stabilizator orqali CЦ-98 holatga keltriladi. Bu paytda parda (3) yopiq bo’lishi kerak.

    1. Hisobga oluvchi ikkala baraban (6) qizil shkala bo’yicha nolga qo’yiladi, diafragmalar to’liq ochiladi. Tutqich (7) ni burab, milliampermetr mili 0 ga olib kelinadi.

    2. Bir xil uzunlikdagi 3ta kyuveta olinadi; ulardan ikkitasi ishchi erituvchi bilan, bittasi esa tekshiraladigan eritma bilan to’ldiriladi. Chapdagi kyuveta tutqichiga erituvchi solingan kyuveta, o’ngdagisiga avval tekshiriladigan eritma solingan kyuveta, so’ngra erituvchi solingan kyuveta quyiladi.

    3. Parda (3) ochiladi, bunda mikroampermetr mili noldan chetlashadi, chapdagi hisob barabani (6) ni oldinga qarab burab mikroampermetr mili nolga keltriladi.

    4. Parda bekitiladi.

    5. Tutqich (4) ni burab, yorug’lik nuri yo’liga eritma solingan kyuveta joylashtiriladi.

    6. Parda ochiladi. Mikroampermetr mili yana nol holatdan chetlashadi.

    7. O’ngdagi hisob barabanini oldinga burab, mikroampermetr mili nolga keltiriladi.

    8. Parda yopiladi. O’ngdagi hisob barabanining qizil shkalasi bo’yicha optik zichlik nol ko’rsatmasi yozib olinadi.

    9. Darajalovchi egri chiziqli ko’rsatkich yoki jadval bo’yicha aniqlanayotgan modda miqdori topiladi.
    1. Fotokolorimetrik analizda tajriba o’tkazishga doir umumiy ko’rsatmalar


Tajriba ishlarini boshlashdan oldin quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish zarur:

  1. Berilgan topshiriqni sinchiklab o’qib chiqish kerak.

  2. Eritmalar tayyorlash usuliga qat’iy rioya qilish lozim.

  3. Etalon eritma tayyorlash uchun standart eritmalarni byuretka yoki pepitka yordamida eng yuqori aniqlikda o’lchab olish zarur.

  4. Kyuvetalarni distillangan suv bilan yuvib qog’oz filtr ustiga to’nkarib qo’yish kerak.

  5. Kyuvetalarni eritma bilan shunday to’ldirish kerakki undan nur faqat eritma qavatidan o’tsin.

  6. Asbob ish boshlashdan 25-30 minut oldin ishga tushiriladi, chunki ish paytida ko’rsatish doimiy bo’lishi uchun sistema qizigan bo’lishi kerak.

  7. Bir xil natijalar olish uchun asbob shkalasi bo’yicha ulashni bir necha marta takrorlash lozim.

  8. Ish tugagandan so’ng asbob o’chiriladi, kyuvetalar yuviladi va laborantga topshiriladi. Ish joyi tartibga keltiriladi.

  9. Ish jurnaliga quyidagi tartibda yoziladi.

  1. Bajariladigan ishning nomi;

  2. Fotokolorimetrik reaksiyaning sxemasi va uning mohiyati;

  3. Eritma tayyorlash usulining qisqacha bayoni;

  4. Har bir aniq ishga berilgan ko’rsatmaga muvofiq olingan ma’lumotlar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling