Laboratoriya mashg’ulotlari


Download 0.81 Mb.
bet7/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
M

Reaksiyaning bajarilishi. Nikel tuzining 2-3 tomchi eritmasiga NH4OH ning suyultirilgan eritmasidan 4-5 tomchi va dimetilglioksimning spirtdagi 1 % li eritma- sidan 2-3 tomchi qo’shilsa, pushti rangli cho’kma- nikel dimetilglioksimat hosil bo’ladi. Ni2+ ionlari aniqlanayotgan eritmada Fe2+ ionlari bo’lmasligi kerak, chunki Fe2+ ionlari dimetilglioksim bilan birikib suvda eruvchan ichki kompleks tuz hosil qiladi. Bu esa Ni2+ ni topish reaksiyasiga xalal beradi.
Dimetilglioksim ishtirokida nikelni fotokolorimetrik usul bilan aniqlash nikеl(II) ning dimеtilgliоksim bilаn оksidlоvchilаr ishtirоkidа ishqоriy muhitdа o’zаrо tа’sirlashib hоsil bo’lgаn qizil-qo’ng’ir rаngli kоmplеks birikmаning оptik zichligini o’lchаshgа аsоslаngаn.
Oksidlovchi sifatida yod, brom, vodorod peroksidni ishlatish mumkin.
Reaksiyani olib borish sharoitida nikel Ni+2 gacha oksidlanish ehtimoli bor. Aniqlanayotgan birikmaning tarkibi nikel:dimetilglioksim =1:2 nisbatda bo’ladi. Maksimal yutilish λmax=470 nm da kuzatiladi. Aniqlashga ishqoriy muhitda gidroksid bilan cho’kma beradigan rangli kationlar xalaqit beradi. Ko’rsatilgan reaksiyada kobalt, vanadiy, molibden ishtirokida nikelni aniqlash mumkin.
Asbob va reaktivlar: FEK- 56M fotokolorimetri, o’lchov kolbalari, yorug’lik filtri, analitik tarozi, nikel (II) tuzining standart eritmasida 0,05 M yod eritmasi, 20 % li ishqor eritmasi, 1 % li dimetilglioksim eritmasi, 2 n li xlorid kislota eritmasi.
Ishni bajarish tartibi: Standart va tekshiriladigan rangli nikel dimetilglioksimat eritmasini tayyorlash. Analizga tayyorlanishni yuqoridagi ko’rsatmaga qarang. 5 ta 50 ml sig’imli o’lchov kolbasi olib, nikelning standart ish eritmasidan tegishlicha 0,02; 0,04; 0,06; 0,08; 0,1 mg, 6-o’lchov kolbasiga tekshiriladigan eritmadan solinadi. Barcha kolbalarga 2-3 tomchidan 2 n li HCl eritmasidan, 0,5 ml 0,05 M yod eritmasidan quyiladi, so’ngra eritmaning hajmi distillangan suv bilan kolbaning belgisigacha etkaziladi va aralashtiriladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling