Laboratoriya mashg’ulotlari


Refraktometr asbobining tuzilishi ва ishlash prinsipi


Download 0.81 Mb.
bet19/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
M

Refraktometr asbobining tuzilishi ва ishlash prinsipi.


Refraktometr “IRF-22” sindirish ko`rsatgichlari 1,3 dan 1,7 gacha bo`lgan suyuqliklarning o`rtacha sindirish ko`rsatkichini 10-3 gacha aniqlikda o`lchash uchun
xizmat qiladi. Asbobning tuzilishi 7-rasmda uning optik sxemasi esa 8-rasmda ko`rsatilgan.

7-rasm. Asbobning tuzilishi. 8-rasm. Asbobning optik sxemasi.


1-O`lchov qopqog`i (golovka); 2-Yorituvchi ko`zgu; 3-Ko`rish trubasi; 4-Yuqo- riga yarim shardagi oyna (teshik); 5-Kompensatorni aylantirish va fokuslash uchun moslama (maxovik); 6-Ikkita prizmadan tashkil topgan kompensator; 7-Kompensator prizmalari; 8-Sindirish ko`rsatkichlari bo’yicha darajalangan shkala; 9-Ko`rish trubasining okulyari bo`lib, uning fokal tekisligida vizir chizig`i beriladi.

Ishni bajarish tartibi.


  1. O`lchov qopqog`i A ning yuqori yarim shari ko`tariladi.

  2. O`lchov prizmasining sirtiga (silliqlashtirilgan sirtiga) shisha tayoqcha yoki tomizgich (pipetka) yordamida tekshiriladigan suyuqlikdan bir necha tomchi tomizilib, ehtiyotlik bilan qopqoq yopiladi.

  3. Refraktometrning yorituvchi ko`zgusi shunday o`rnatiladiki, o`lchov qopqog`ining yuqori qismida manbadan chiqib, oyna S orqali o`tuvchi nur yoritiluvchi prizmaga tushsin va ko`rish maydonini bir tekis yoritsin.

  4. Ko`rish trubasi K ning okulyaridan kuzatib, asbobning chap tomonida joylashgan maxovikni burash bilan yorug` va soya chegarasi aniqlanadi.

  5. O`ng tomonda joylashgan M maxovikni aylantirish bilan ko`rish maydonidagi chegara qismidagi rang yo`qotiladi.

  6. Keyin yana chap maxovik yordamida bo`lingan joy chegarasi bilan nurning krest chizig`i aniq bir-biriga moslashtiriladi va sindirish ko`rsatkichi uchun shkaladagi son olinadi.

  7. Har bir suyuqlik uchun yuqoridagi o`lchash tartiblari amalga oshirilib, uchta o`lchashning o`rtacha qiymati olinadi.

  8. Ikkinchi suyuqlikni tekshirayotganda birinchi suyuqlik yumshoq latta bilan artiladi. Ishni bajarib bo`lgandan so`ng ham prizmalar yaxshilab artiladi.

  9. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi ва n=f(c%) grafigi chiziladi.

  10. Grafikdan foydalanib С % aniqlanadi.







Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling