Laboratoriya mashg’ulotlari


-rasm. IRF-454 refraktometrining ko‘rinishi


Download 0.81 Mb.
bet22/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
M

11-rasm. IRF-454 refraktometrining ko‘rinishi.


l-okulyar; 2-shkalani to‘g‘rilaydigan vint qopqog'i; 3-kompensator prizmalarini buragich; 4-yorituvchi prizmali bo‘lim dastasi; 5-termometr; 6-shkalani siljitadigan buragich; 7-kompensatorning shkalasi; 8-yorituvchi prizmaning qopqog‘i; 9-shkalani yorituvchi ko‘zgu; 10 -o‘lchash prizmasining yorug'likni qaytaruvchi yassi ko‘zgu o’rnatilgan qopqog’i;

Ishlash prinsipi.


Refraktometrlarning ishlash prinsipi yorug'likning turli xil sinish indekslari bo'lgan ikkita vosita orasidagi interfeysdan o'tganda, jami ichki aks ettirish hodisasiga asoslanadi. Refraktometr oqim o'lchash kamerasi bilan jihozlangan; o'lchovlarni 10 dan 40°C gacha bo'lgan keng harorat oralig'ida o'tkazish mumkin; o'rnatilgan termometr sizga haroratni 1,0°C aniqlik bilan boshqarish imkonini beradi. To'g'ridan-to'g'ri va aks etadigan yorug'likda ham ishlashga moslashtirilgan. Sindirish ko’rsatgichi refraktometr yordamida quyidagicha o’lchanadi: O’lchash quyosh yorug’ligida o’tkazilganda IRF - 454 ning yoritish prizmasi derazaga qaratib qo’yiladi, kechqurunlari esa yoritgichning lampasiga qaratiladi. Refraktometrning chap yonidagi 9 ko’zguni (11-rasm) ochib, u bilan shkalaning tasviri ko’rish maydoniga tushiriladi, okulyarni aylantirib tasvir tiniqlashtiriladi (fokuslanadi). Agar, yorug’lik manbayiga nisbatan refraktometr to’g’ri o’rnatilgan bo’lsa shkalaning hamma tomoni bir tekis yoritilgan bo’lib ko’rinadi. Refraktometrning yoritish prizmasi o’rnatilgan kallagining 4 dastasidan (11-rasm) ushlab ko’tariladi va o’ngga aylantirib, 2 o’lchov prizmaning ustiga tomizgich bilan tekshirilayotgan suyuqlikdan 2-3 tomchi tomiziladi, so’ngra yoritish prizmasi o’z joyiga qo’yiladi. Bunda tekshirilayotgan suyuqlik yoritish va o’lchov prizmalarining oralig’idagi tor bo’shliqni to’ldirishi kerak. Buning uchun yoritish prizmasining 8 qopqog’ini ko’tarib uning xira, suyuqlikka tekkan tomoniga yorug’lik tushadigan tomonidan qaraladi. Agar u, bir tekis kul rang bo’lib ko’rinsa oraliq suyuqlikka to’lgan bo’ladi. Asbobning o’ng tomonida joylashgan 6 buragichni burab ko’rish maydonida ravshan va xira maydonlar chegarasi paydo bo’lishiga erishiladi. Ajralish chegarasidagi rangdorlik 3 kompensator dastasini burash bilan bartaraf qilinadi. Yana 6 ni burab ajralish chegarasi bilan okulyardagi kesishgan chiziqlarning kesishish nuqtasini ustma- ust tushirishga erishiladi va sindirish ko’rsatgichining shkalasidan bu holatga mos
keladigan qiymat (chamalab hisoblangan) to’rtinchi raqamgacha aniqlikda yozib olinadi.
To’g'rilash uch marta takrorlanadi. Olingan natijalar eng kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqiladi. So’ngra sindirish ko’rsatgichining eritma konsentratsiyasiga bog’liqlik chizmasi chiziladi. Konsentratsiyasi noma’lum bo’lgan eritmaning sindirish ko’rsatgichini o’lchab, chizma yordamida uninig miqdori aniqlanadi. Har safar sindirish ko’rsatgichi aniqlangandan so’ng yoritish prizmasi chetga suriladi va o’lchash prizmasining shaffof tomoniga bir necha tomchi suv tomizib, prizma yumshoq filtr qog’oz bilan ehtiyot qilib artiladi. Tomizgich bilan suyuqlikni tomizganda uning uchi prizmaga tegmasligi kerak, aks holda prizmaning silliqlangan tomoni ishdan chiqib asbob yaroqsiz holga keladi. Tomizgich o’rniga plastmassadan tayyorlangan toza shpritsni ishlatish ham mumkin. Sindirish ko’rsatgichini aniq o’lchashda haroratni bir xil saqlash uchun prizmaning gardishida maxsus kamera bo’lib, bu kamera orqali termostatdan keladigan suv o’tkazib turiladi. Suv berish va uni chiqarib yuborish kameraning to’rtta jo’mragiga kiydirilgan rezina naylar vositasida amalga oshiriladi. Suvning haroratini o’lchash uchun jo’mraklardan biriga maxsus termomeir o’rnatiladi.



    1. Download 0.81 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling