Laboratoriya mashg’ulotlari


Download 0.81 Mb.
bet24/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
M

Ishni bajarish tartibi


l. Sindirish ko’rsatgichi asosida konsentratsiyani topish uchun glitserinning distillangan suvdagi bir nechta standart eritmalarini tayorlang. Har bir eritmaning hajmi 10 ml. Eritmalaming konsentratsiyasi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.



Glitserinnina hajmi,
ml

1

2

3

4

5

6

7

8

Glitserinning erit-
madagi miqdori, %

10

20

30

40

50

60

70

80




  1. Toza suvning va yaxshilab aralashtirilgan standart eritmalarning sindirish ko’rsatgichini navbat bilan refraktometrda o’lchang.

  2. O’lchash natijalarini eng kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqing va darajalash chizig’ini chizing.

  3. Konsentratsiyasi noma’lum bo’lgan glitserin eritmasining sindirish ko’rsatgichini o’lchang va darajalash chizig’i yordamida uning konsentratsiyasini aniqlang.



  1. tajriba. Organik moddalarning molekular refraksiyasini o’lchash


Tadqiq qilinayotgan moddaning tarkibi va tuzilishi to’g’risidagi taxminning to’g’riligini uning molekulyar refraktsiyasini aniqlash orqali tekshirib ko’rish mumkin. Molekulyar refraktsiya qutblanuvchanlikka to’g’ri proporlsional va additivlik xossasiga ega. Shuning uchun uni doimiv qo’shiluvchilarning yig’indisi sifatida hisoblash mumkin. Bu qo’shiluvchilar esa molekulaning tarkibiga kiruvchi atomlarga, atom guruhlariga, bog’larga yoki strukturaning alohida tomonlariga (qo’sh bog’, halqa) tegishli bo’ladi va shunga mos ravishda ular atom refraktsiyasi, guruh refraktsiyasi, bog’ refraktsiyasi va struktura inkrementi deyiladi. Molekulyar refraktsiyaning hisoblangan va tajribada topilgan qiymatlarining bir necha o’ndan bir sm3/mol xatolik bilan mos kelishi moddaning taxmin qilingan brutto formulasini va strukturasini to’g ’ri ekanligini tasdiqlaydi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling