Laboratoriya mashg’ulotlari


-rasm. Propan va butan fraksiyalarini kerosin va gazoyl fraksiyalarini bug‘ holida adsorbsiyali ajratish uskunasining chizmasi


Download 0.81 Mb.
bet30/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
M

14-rasm. Propan va butan fraksiyalarini kerosin va gazoyl fraksiyalarini bug‘ holida adsorbsiyali ajratish uskunasining chizmasi.


14-rasmda keltirilgan uskunaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: adsorber


(2) diametri 15 mm, balandligi 300 mm; adsorberning pechkasi (3) shisha trubka bо‘lib,
diametri 25 mm, ustiga nixrom simi о‘ralgan; Ajratuvchi varonka (1). Bular yordamida uskunani adsorbsiya va desorbsiya rejimlariga о‘tkaziladi.


Asbob va reaktivlar. Adsorber, shisha trubka, nixrom sim, sovutgich, kolbalar, gaz soati, uch shoxli kranlar, avtotransformator, termometr, termopara.
Laboratoriya ishidan maqsad. Yuqorida aytilganidek, seolitlar tо‘g‘ri zanjirli parafin uglevodorodlarni osonlik bilan adsorbsiyalaydilar. Ushbu usul yordamida toza sifatli tо‘g‘ri zanjirli parafinlarni ajratib olish mumkin. Seolitlar yordamida gazlarni tozalash va ularni namlikdan quritish mumkin.
Bu laboratoriya ishida seolitlar yordamida gaz mahsulotlaridan tо‘g‘ri zanjirli uglevodorodlarni ajratib olinadi.
Odatda, bu jarayon xom ashyoni suyuq holatida yoki uni bug‘ga aylantirib amalga oshiriladi. Jarayonning ikkinchi xili kо‘proq qо‘llanishi sababli, laboratoriya ishi xom ashyoni bug‘ga aylantirilgan holda bajariladi.
Ishni bajarish tartibi. Tajriba yaxshi natija berishi eng avvalo adsorbentni tо‘g‘ri tayyorlashga bog‘liqdir. Adsorbentni zarrachalari 1-2 mm ga teng bо‘lishi shart. Adsorbentni mufel pechkasiga joylab 450-5000C da 5 soat qizdirib keyin eksikatorda sovutiladi. Sovigan adsorbentni tezlikda adsorberga joylanadi.
Xom ashyoni mernikga solib nasos yordamida aralashtiruvchiga beriladi. Xom ashyoni hajmiy tezligi adsorbentning hajmiga nisbatan 2 s-1 ga teng. Adsorbsiya yaxshi borishi uchun xom ashyoga azot gazi aralashtiriladi. Gazning tezligi ham xom ashyoning hajmiy tezligiga tengdir. Xom ashyo va gaz aralashtirgichda bir-biri bilan aralashib bug‘ga aylantiruvchiga keladi. Bu erda harorat xom ashyoni qaynash temperaturasini oxiriga nisbatan 40-600C yuqori ushlab turiladi. Xom ashyo tо‘la bug‘ holatiga о‘tadi. Bug‘ holatidagi aralashma uch shoxli kran yordamida adsorberga keladi. Adsorberda temperatura xom ashyoning qaynash temperaturasini oxiriga nisbatan 20- 400C yuqori ushlab turiladi.
Xom ashyo seolit qatlami orqali о‘tayotganda uning tarkibidagi n- parafinlar seolitga adsorbsiya bо‘ladi, parafinlardan tozalangan denormalizat uch shoxli kran orqali о‘tib sovutgichga borib suyuq holatiga о‘tadi va suyuq mahsulot yig‘uvchiga tushadi. Aralashmadagi gaz va sovushga ulgurmagan uglevodorodlar absorber orqali gaz soatiga о‘tadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Adsorbsiya bosqichi tamom bо‘lgandan keyin uch shoxli kranlar desorbsiya bosqichi holatiga о‘zgartiriladi. Desorbsiya sifatida suv bug‘i ishlatiladi. Buning uchun suvni 2 C-1 hajmiy tezlik bilan aralashtirgich (II)ga beriladi, u erda azot bilan aralashib desorbentni bug‘ga aylantiruvchiga keladi, suv bug‘ga aylanib azot bilan birga uch shoxli kran orqali adsorberga keladi.
Suv bug‘i seolitga shimilgan n-parafinlarni siqib chiqaradi. Suv bug‘i, N2 va bug‘ holida desorbsiya bо‘lgan n-parafinlar aralashmasi sovutgichdan о‘tib suyuq mahsulotni
yig‘uvchi kolbaga tushadi. Gaz va sovub ulgurmaydigan parafinlar adsorber va gaz soati orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Kolbadagi suyuqlik ikki qatlamdan iborat. Pastida suv, yuqorisida n-parafinlar. n-Parafinlarni suvdan ajratib kalsiy xlorid yordamida quritiladi.
Adsorbsiya bosqichi davom etayotganda bir necha marotaba denormalizatni nur sindirish koeffitsiyentini aniqlab boramiz; boshlab koeffitsiyentini qiymati kо‘tariladi; keyinchalik adsorbent n – parafinlar bilan tо‘yinganidan sо‘ng koeffitsiyentini qiymati kamayib boradi. Bu adsorbsiya bosqichini tamom bо‘lganidan darak beradi. Jarayon tugagandan keyin material balansi tuziladi va olingan mahsulotlar analiz qilinadi: n- parafinlarni va ular bilan birga bо‘lgan uglevodorodlar xromatografiya usuli bilan aniqlanadi.
Tajriba natijalari yakunida quyidagilar qayd qilinadi: xom ashyo va adsorbentni xarakteristikalari, qaysi sharoitda tajriba olib borildi, qancha n-parafinlar olindi (xom ashyoga nisbatan % hisobida), jarayonning material balansi, n-parafinlar va denormalizasiyaning xossalari; n – parafinlarni ajratib olinadi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling