Laboratoriya mashg’ulotlari


Download 0.81 Mb.
bet28/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
M

Amalda qо‘lanilishi. Gaz xromatografiyasining amalda keng qо‘llanilishining ahamiyati shundaki, uning yordamida murakkab gaz aralashmalarining alohida komponentlarini taqqoslab aniqlash va miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin, tahlilni bajarish kо‘p vaqt talab etmaydi va usul yetarli darajada universaldir. Gaz xromatografiyasi preparativ maqsadlarda fizik-kimyoviy tadqiqotlar va boshqa sohalarda qо‘llanilganda yaxshi natijalar beradi.
Gaz xromatografiyasi usuli bilan neft gazlari, kon gazlari, havo, asosiy kimyoviy mahsulotlar, organik sintez sanoatining mahsulotlari, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari tahlil qilinadi. Gaz xromatografiyasi usullari ba’zi elementlarning izotoplarini ajratishda ham foyda beradi. Gaz xromatografiyasidan biologiyada, tibbiyotda, yog‘ochni qayta ishlash texnologiyasida, oziq-ovqat sanoatida, ba’zi yuqori haroratli jarayonlar texnologiyasida foydalaniladi.
Gaz xromatografiyasidan suyuqliklarni xromatografik kolonkada bug‘ holiga aylantirib tahlil qilish uchun ham foydalanish mumkin. U ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ham qо‘llaniladi.
Undan, shuningdek, adsorbentlaring turli xossalari (solishtirma sirtini) va adsorbatlar (yutiluvchi gazlar) xossalarining (diffuziya koeffitsiyenti) hamda adsorbent- asorbat sistemalar xususiyatlarini (adsorbsiya issiqligi va izoternasi), moddalarning boshqa xossalarini, reaksiyalar kinetikasi va boshqalarni aniqlashda foyadalaniladi.
Gaz xromatografiyasidan kо‘p komponentli murakkab aralashmalarni tahlil qilishda, mikroqо‘shimchalarini aniqlashda, uchuvchan bо‘lmagan birikma (polimerlar) va element tahlilida foydalaniladi.
Kapillar xromatografiya usulida juda nozik aralashmalarni ham tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Masalan, kapillar xromatografiya usuli vositasida 15-20 birikmadan tashkil topgan isomer uglevodorodlar aralashmasini bir necha minutda tarkibiy qismlarga ajratish va miqdoriy aniqlash mumkin. Kapillar xromatografiyaning afzalliklaridan yana biri jarayonni amalga oshirish uchun gazdan juda oz hajmda zarur bо‘lishidir.



    1. Download 0.81 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling