Laboratoriya mashg’ulotlari
Download 0.81 Mb.
|
M
Laboratoriya ishi.Parafin-naften uglevodorodlar aralashmasini xromatografik usul bilan ajratish1-tajriba. Tabiiy gazlar tarkibidan propan va butan fraksiyalarini adsorbentlar yordamida tozalash va ajratish Amaliy mashg’ulotga doir nazariy ma’lumotlar. Tabiiy va aktivlangan tuproqlar, sun’iy usulda tayyorlangan alyuminatlar, alyumogel , seolitlar, aktivlangan alyuminiy oksidi, kо‘mir va shularga о‘xshashlar о‘zlariga boshqa moddalarni adsorbsiyalash, ya’ni shimib olish xossasiga egadirlar. Bularni adsorbentlar deyiladi. Adsorbentlarning bu xossasidan sanoatda keng foydalaniladi. Masalan: adsorbentlar mahsulotlarni turli uglevodorod gruppalariga ajratish, gazlarni namlikdan tozalash va shu kabi jarayonlarga ishlatiladi. Bularni orasida seolitlar alohida ahamiyatga egadir. Masalan seolitlar gaz mahsulotlarining tarkibidagi tо‘g‘ri zanjirli parafinlarni osonlik bilan shimib oladilar. Seolitlarni bu xossasi yonilg‘i fraksiyalarini sifatini oshirishda foydalaniladi. Seolitlar gaz mahsulotlari tarkibidagi uglevodorod molekulalarini katta- kichikligiga qarab bir-biridan ajratish qobiliyatiga egadirlar. Adsorbsiya vaqtida birinchi navbatda katta dipol momentiga ega bо‘lgan qutbli xususiyatli moddalar shimiladi, sо‘ngra qutbli xususiyatga ega bо‘lmagan moddalar shimiladi. Shu xususiyatiga kо‘ra gaz mahsulotlarini tarkibidagi uglevodorod komponentlarini quyidagi tizimda yozsak bо‘ladi: smolasimon asfalten moddalar og‘ir aromatik uglevodorodlar о‘rta molekulali aromatik uglevodorodlar yengil aromatik uglevodorodlar naften va parafin uglevodorodlar. Bu uglevodorod guruhlari adsorbentga navbatma-navbat shimilish xususiyatiga ega bо‘lishlari bilan birga erituvchilar yordamida desorbsiyalanganda, birinchi navbatda parafin va naften, ulardan keyin boshqa guruhlar desorbsiyaga uchraydi. Shu asosda gaz mahsulotlarining tarkibidagi uglevodorodlarning guruhlari bо‘yicha bir-biridan ajratish va ularning miqdorini aniqlash mumkin. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling