Laboratoriya mashg’ulotlari


Pеrmаngаnаtоmеtrik titrlashni o’tkazish sharoiti


Download 0.81 Mb.
bet37/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
M

Pеrmаngаnаtоmеtrik titrlashni o’tkazish sharoiti.


Permanganatometrik titrlashni o’tkazishda quyidagi sharoitlar zarur.

  1. pH-muhitni ta’siri. Pеrmаngаnаt bilаn titrlаsh kuchli kislotali muhitda olib boriladi. Kislotali muhit hosil qilish uchun sulfat kislotadan foydalaniladi. Nitrat kislotani qo’llab bo’lmaydi, chunki u kuchli oksidlovchi bo’lib, aniqlanayotgan moddani oksidlashi mumkin. Permanganatometriyada xlorid kislotani ham qo’llab bo’lmaydi, chunki permanganat-ionlari xlorid- ionlarini xlorgacha oksidlaydi:

10Cl- + 2MnO4- + 16H+ → 5Cl2 + 2Mn2+ + 8H2O
Sulfat kislotali muhitda bunday qo’shimcha reaksiyalar bormaydi.

  1. Haroratni ta’siri. Ko’pincha permanganatometrik titrlash xona haroratida olib boriladi. Permanganat –ioni bilan oksalat kislotaning reaksiyasi esa, titrlanayotgan eritmani qizdirish orqali o’tkaziladi.

  2. Titrlash oxirgi nuqtasining fiksatsiyasi. Permanganatometrik titrlashda odatda indikator qo’llanilmaydi. Titrant-kaliy permanganat eritmasining o’zi malina-binafsha rangga ega. Titrantdan bitta ortiqcha tomchi qo’shish titrlanayotgan eritmani pushti rangga bo’yaydi. Bu esa titrlash oxirini ko’rsatadi.

Ko’pchilik oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari etarli darajada katta tezlik bilan bormaydi. Ma’lumki, sekin boradigan reaksiyalardan titrlashda foydalanib bo’lmaydi chunki, bunda titrlash cho’zilib ketishi bilan birga aniq bajarilmaydi. Eritma haroratini, reaksiyaga kirishadigan moddalarning konsentratsiyasini oshirish, katalizator ishlatish bilan sekin boradigan reaksiyalarning tezligini oshirish mumkin.
Masalan oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish reaksiyasi 70- 800C haroratda olib boriladi.


      1. Laboratoriya ishi.


Organik moddalarni permanganatometrik usul bilan aniqlash



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling