Laboratoriya mashg’ulotlari


Ultrabinafsha va ko‘rinuvchan sohalardagi yutilishni o‘lchash asboblari


Download 0.81 Mb.
bet10/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
M

Ultrabinafsha va ko‘rinuvchan sohalardagi yutilishni o‘lchash asboblari


Moddalarning nurni yutish hodisasini o‘lchashda spektrometrlardan foydalaniladi. Ularning turlari va tuzilishi har xil bo‘lishidan qat'iy nazar spektrometrlar yorug‘lik manbayi, yorug‘lik detektori va detektordan chiqqan signallarni yozadigan asbobdan tashkil topgan bo‘ladi


  1. rasm. Spektrofotometrning tuzilishi.





1-nurlanish manbayi, 2-monoxromator
3-namuna eritmasi 4-erituvchi

5-idishchalarni ushlatgich 6-fotoelement
7-o‘lchov asbobi 8-idishchalarning
yo‘naltirgichi

Yorug‘lik nurlanish manbayi lampadan (1) monoxromatorga (2) tushadi va natijada nur oqimi ma'lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘ladi. Namuna eritmasi va toza erituvchi idishchalarga (3,4) solinadi va ushlatgichga (5) qo‘yiladi. Yorug‘lik idishchalardan o‘tib fotoelementga (6) tushadi va undan chiqayotgan signallar o‘lchov asbobi orqali (7) o‘lchanadi. Idishchalar ushlatgichini shunday joylashtirish kerakki, nur idishchalarning yo‘naltirgichi (8) orqali har bir idishdan o‘tishi kerak.


O‘lchash ishlarini quyidagicha olib borish mumkin: bitta to‘lqin uzunlikda erituvchidan o‘tayotgan nurning intensivligi o‘lchanadi, keyin esa xuddi shu erituvchida erigan moddaning yutilishi o‘lchanadi. Amaliyotda asbobni shunday tayyorlash kerakki, erituvchining yutilishini nol deb hisoblab, shunga asosan namunaning yutilish parametrlarini aniqlash mumkin. Spektrni olish uchun bu ishlarni boshqa to‘lqin uzunlikdagi qiymatlarda ham bajariladi. Bunday hajmdagi ishlarni tezkorlik bilan bajarish maqsadida hozirgi vaqtda ikki nur yo‘nalishli, spektrlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozadigan zamonaviy asboblardan foydalaniladi. Bunday asboblarning ayrim nusxalari 4(a,b)-rasmlarda tasvirlangan.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling