Laboratoriya mashg’ulotlari


Spektrofotometrni ishga tayyorlash


Download 0.81 Mb.
bet12/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
M

Spektrofotometrni ishga tayyorlash


Boshqarish a’zolari (organlari) va tabloda yonib ko’rinadigan sonlar hamda simvollarning xizmat vazifalari.
"Set" yozuvli tugmacha spektrofotometrni yoqishga va o’chirishga xizmat qiladi, uning yuqorisida joylashgan indikator lampasi spektrofotometrning yoqilganligi haqida
ma’lumot beradi. Buragich 6 yorug’likning kerakli to’lqin uzunligini o’rnatish uchun xizmat qiladi, uning qiymati esa 5 hisoblash qurilmasidan olinadi. Buragich 10 tirqishlarning kengligini tanlash uchun xizmat qiladi.
Spektrning ma’lum oralig’ini yozib olishda ularning kengligini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Tirqishlarning spektral kengligini qiymatlari spektrofotometrning old tomoniga nanometrlarda o’yib yozilgan. Buragich 11 yorug’lik yo’liga o’lchanayot-gan namunani kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi. Buragich 12 pardani ochish ("otkr" holati) va yopish ("zakr" holati) uchun xizmat qiladi. Buragich 13 orqali, 12 buragich "zakr" holatida turganda, fotoelementlarning yorug’lik tushmagandagi toki (temnovoy tok) ko’rsatilgan oraliqda bo’lishi ta’minlanadi. Buragich 14 fotoelementlarni, 15 richag esa yorug’lik manbalarini almashtirish uchun xizmat qiladi.
MPS ning klaviaturalari spektrofotometrni ishini boshqarish uchun va kerakli ma’lumotlarni operator tomonidan uning xotirasiga kiritish uchun ishlatiladi.
"Sh(0)M va "K(1)M tugmalarni bosish orqali yoritilmagan fotoelement hosil qilgan kuchlanganlikning ("Sh(0)" da) va standart namunadan (erituvchidan) o’tgan yorug’lik oqimi hosil qilgan kuchlanganlikning ("K(l)" da) qiymatlari aniqlanadi. Bu kuchlanganliklarning voltlarda o’lchangan qiymatlari fotometrik tabloda yonib ko’rinadi. "τ(2)" yoki "D(5)M tugmalarni bosgan vaqtda fotometrik tabloda o’tkazish koeffitsiyentining va optik zichlikning mos ravishda foizlarda va optik zishlik birliklarida hisoblangan qiymatlari yonib ko’rinadi.
"Ts/R" tugma MPS ni bir marta o’lchaydigan tartibdan ma’lum davr ichida doimiy o’lchab turadigan tartibga (yoki teskarisiga) o’tkazish uchun xizmat qiladi. MPS qaysi tartibda ishlayotganini indikator lampalari "R" (razovbiy - bir martali) yoki "Ts" (tsiklichniy-davriy) yonib ko’rsatib turadi. Davriy tartibda ishlayotgan MPS da o’lchanayotgan kattaliklarni hisoblash va ularni fotometrik tabloda yonib ko’rinishi har
5 sekundda tugmani qo’shimcha bosmasdan amalga oshiriladi. "S(4)" va "A(3)M tugmalar spektrofotometrni namunaning kontsentratsiyasini va optik zishlikning o’zgarish tezligini o’lchash tartiblarida ishlashini ta’minlovchi rejimlarni o’rnatadi. "Sbr", "utv", "[" va "b" tugmalari MPSga u, "S(4)" va "A(3)" rejimlarda ishlayotgan vaqtda kerakli koeffitsiyentlarning qiymatlarini kiritish va noto’g’ri bo’lgan vaqtda o’chirish uchun xizmat qiladi. Bu koeffitsiyentlar MPSning xotirasiga "0"-"9" tugmalar orqali kiritiladi.
Tugmalarni bosgan vaqtda fotometrik tabloning chap qismida MPS ishlayotgan tartibga mos keluvchi simvol yonib ko’rinadi.
O’lchash ishlarini bajarish vaqtida va spektrofotometr tekshirilayotganda uning navbatdagi tugmasini 2 sekunddan keyin bosish kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling