Laboratoriyalar to`plami
-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 1.68 Mb.
|
16-variant (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-laboratoriya ishi Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash
- 6.1-jadval
5.1-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
6-laboratoriya ishi Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga mahalliy yo‘nalishlarda tarif masofalarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Tarif masofalarini aniqlash uchun, uchta (1, 2 va 3) kitobdan iborat bo‘lgan №4 Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan foydalaniladi. Agar yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan bo‘lsa tarif masofa jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan ular uchun umumiy uzel stansiyalarigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi. Buning uchun 2-kitob – temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati [3] dan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalari qidirib topiladi. Har bir stansiyaning qarshisida temir yo‘lining nomi, 1-kitob [2] dagi jo‘nash-kelish jadvalining betlari va qatorlari, tranzit punktlarni (uzel stansiyalarni) nomi va ulargacha bo‘lgan masofa hamda ushbu stansiyaning kodi ko‘rsatilgan. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofa jo‘nash-kelish jadvalining 4 yoki 5-grafasida ko‘rsatilgan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi (6.1-rasm). ℓef = ℓeB + ℓBf , km 6.1-rasm. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash chizmasi bu yerda AB, BD – qo‘shni uchastkalari; A, V, D – shu uchastkalarning uzel stansiyalari; B – shu uchastkalar uchun umumiy uzel stansiyasi; e – jo‘natuvchi stansiya; f – tayinlangan stansiya; ℓeB – jo‘natuvchi stansiyadan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofa; ℓBf – umumiy uzel stansiyasidan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa; ℓef – jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa; 6.1-misol: Кызылтепа stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Кызылтепа va Самарканд stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Кызылтепа Uzbek.; Страница 391; Строка 36; Бухара I - 44, Мароканд - 187; Kod 730404. Stansiya Самарканд: Uzbek.; Страница 390; Строка 43; Мароканд - 18, Хаваст - 202; Kod 730430. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Кызылтепа va Самарканд stansiyalari ikki qo‘shni Кызылтепа – Мароканд va Мароканд – Самарканд temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Мароканд ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Мароканд – Кызылтепа = 187 km; Мароканд – Самарканд = 18 km. Кызылтепа stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 187 + 18 = 205 km. 6.2-misol: Ассаке stansiyasidan Файзабад stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Ассаке va Файзабад stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Ассаке: Uzbek.; Страница 391; Строка 36; Коканд I - 17, Учкурган (зксп.) - 119; Kod 723704. Stansiya Файзабад: Uzbek.; Страница 390; Строка 43;Коканд I - 51, Андижан I - 85; Kod 727809. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Ассаке va Файзабад stansiyalari ikki qo‘shni Ассаке – Коканд I va Коканд I – Файзабад temir yo‘l uchastkalarida joylashgan.Коканд I ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Коканд I – Ассаке =17 km; Коканд I – Файзабад = 51 km. Ассаке stansiyasidan Файзабад stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. =17 + 51 = 68 km. 6.3-misol: Богандинская stansiyasidan Усть-Юган stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin. Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Богандинская va Усть-Юган stansiyasilarini qidirib topamiz: Stansiya Богандинская: Uzbek.; Страница 391; Строка 36; Мары - 197, Туркменабад I - 46; Kod 723704. Stansiya Усть-Юган: Uzbek.; Страница 390; Строка 43; Мары - 21, Серхетабат (эксп.) - 301; Kod 727809. 2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Богандинская va Усть-Юган stansiyalari ikki qo‘shni Богандинская – Мары va Мары- Усть-Юган temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Мары ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi. Мары – Богандинская = 197km; Мары – Усть-Юган = 21 km. Богандинская stansiyasidan Усть-Юган stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 197 + 21 = 218 km. .
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling