Laboratoriyalar to`plami
Vagonlarni olib kirib berish masofasi, m (L
Download 1.68 Mb.
|
16-variant (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-laboratoriya ishi Yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni hisoblash
13-laboratoriya ishi Yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni hisoblash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish. Yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni undirish “O‘TY” AJning mintaqaviy temir yo‘l uzellari va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tasdiqlagan shartnomaviy tariflar asosida amalga oshiriladi. Quyidagi 13.1-jadvalda jo‘natuvchilardan yuklarni qabul qilib jo‘natishdagi va yetib kelgan yuklarni oluvchilarga topshirishdagi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun stavkalar keltirilgan. 13.1-jadval
13.1-misol: Stansiyaning temir yo‘l shoxobcha yo‘llida qo‘shimcha reja bo‘yicha mahalliy qatnovlarda 56 800 kg “Мыло хозяйственные твердое в ящиках”ni ortib jo‘natishdagi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlar aniqlansin. Yechish: quyidagi shartlar asosida qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlar aniqlanadi va ulardan 15 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi. a) stansiyaning tovar idorasida undirib olinadigan yig‘imlari: - 3.1. Mijozning talabiga binoan O‘zb. t.y. sarhadlariga va sarhadlaridan tashqariga inventar parkning bitta vagon ortish uchun qo‘shimcha reja ajratish: 136199 + 136199 x 0,15 = 156,628.85 so‘m; - 39.2. Mijozning iltimosi bo‘yicha tashish hujjatlarini to‘ldirishga: 7871 + 7871 x 0,15 =9,051.61 so‘m; - 21.1. Mijozning buyutrmanomasi bo‘yicha noumumiy foydalanish joylariga ortishga yuboriladigan vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yishga: 107632 + 107632 x 0,15 =123,776.8 so‘m; - 9.1. Sutkaning mijoz belgilagan muayyan davrida vagonlarni ortishga olib kirib berishga: 52334 + 52334 x 0,2 = 62801 so‘m; - 26.3. Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi dorvozalarni temir yo‘lni kuchi va vositasida ochish va berkitishga: 6082 + 6082x 0,15= 6,994.3 so‘m; - 26.2. Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi uchta markazlashtirilmagan (dastaki) strelkani temir yo‘lni kuchi va vositasida aylantirishga: 3 x (5963+ 5963x 0,15) =21,122.66 so‘m; Shunday qilib temir yo‘l yuk jo‘natuvchidan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun hammasi bo‘lib, 442,613.66 so‘m yig‘im undiradi. Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 13.2-jadvaldagi variantlar bo‘yicha yukni jo‘natish va yetib kelishi bo‘yicha qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni undirishni aniqlaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling