Laboratriya №5 “ms 12-250” rusumli koʻp operatsiyali stanogi va uning boshqarish qurilmasi bilan tanishish. Ishdan maqsad
-Rasm. HR3C modelli koʻp operatsiyali dastgox. 1.4-Rasm
Download 57.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Laboratoriya mashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- (1.4- rasm)
1.3-Rasm. HR3C modelli koʻp operatsiyali dastgox.
1.4-Rasm. HR5V modelli koʻp operatsiyali dastgoxlar Stolning ish yuzasi 630X630 mm li boʻlgan HR5V modelli dastgoxlar (1.4- rasm) ham 32,46 va 60 ta asbobga moʻljallangan xuddi shunday kvadrat shakliga ega boʻlgan zanjirli magazin bilan jixozlangan Dastgoxlar paletalli yuklash qurilmalar bilan jixozlangan bu esa zagotovkani oʻrnatish va olishga ketadigan vaqtlarni kamaytirishga imkon beradi. Bozor iqtisodi sharoitida toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda ishlaydigan “Odamsiz texnolgiyalar”da ham keng qoʻllaniladigan IR 500MF4 modelli koʻp operatsiyali dastgox moduli qoʻllaniladi. Tana koʻrinishidagi detallar uchun moslanuvchan ishlab chiqarish moduli kesish asboblari magazini bilan ta’minlangan koʻp operatsiyali dastgox, yoʻldosh moslamalar toʻplagichi, yoʻldosh moslamlarni dastgox stoliga yuklash va tushirish qurilmasi, qirindilarni yigʻishtirish qurilmasi, nazorat-oʻlchash tizimidan tashkil topadi. Masalan, 1.5-rasmda Ivanova dastgohsozlik ishlab chiqarish birlashmasining IR 500MF4 modelli koʻp operatsiyali stanogi bazasida yaratilgan “Modul - 500” ishlab chiqarish moduli koʻrsatilgan. 1.5- rasm. “Modul - 500” ishlab chiqarish moduli Modulning asosiy qismi ishlov beriladigan detallar uchun yoʻldoshlar toʻplagichi xisoblanadi. Yoʻldoshlarni borligi avtomat ravishda datchiklar yordamida aniqlanadi. Aloxida qism sifatida kesish asboblarini magazini va asboblarni almashtirish qurilmasi bor. Kesish asboblari dastur asosida avtomatlashtirilgan tarzda almashtiriladi. Markaziy EXM dan asboblarni almashtirish haqidagi buyrugʻ berilgandan soʻng shpindel almashtirish maydoniga (manipulyator yoniga) koʻtariladi. Manipulyator yordamida asboblarni almashtirish amalga oshiriladi. Soʻngra shpindel yana ishlov berish maydoniga qaytadi. Nazorat oʻlchash tizimi oʻlchash kallagi va ma’lumotlarni taxlil qilish blogidan iborat. Oʻlchash kallagi analogli – induktiv tizim va oʻzgartirgichdan iborat. Ma’lumotlarni taxlil qilish blogida qabul qiluvchi qism va mikroprossesor hamda RDB sistemasiga korreksiya haqidagi ma’lumotlarni uzatish qurilmasi bor. Download 57.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling