Lafziy san’atlar
Ma’naviy –lafziy san’atlar
Download 25.4 Kb.
|
Lafziy san’atlar
Ma’naviy –lafziy san’atlar.
Ushbu san’atlar ham tovush, ham ma’no tomoni bilan bog’liq bo’ladi. Ma’naviy –lafziy san’atlar ham xilma xil ko’rinishlarga ega. Muammo – “ko’r qilingan”, “ko’rinmaydigan” degan ma’nolarni bildiradi.Muamo bir baytda yozilib, unda biror kishining ismi yoki nomi yashiringan bo’ladi. Misol: Qafo bar qaddi tu meduzal ayyom, Baror az qof to gof, ey pisar, nom. Bu forsiy ruboiyda muammo birinchi misraning “qabo bar qad” so’zlaridadir. Shoir ikki harf orasidan noningni topib ol, demoqchi. “qabo bar qad’ so’zlari orasidan ikki qof orasidagi harflarni ajratib olsak, Bobur so’zi kelib chiqadi. Kitobat – arab harflarini nomlash yoki inson a’zolarini arab yozuvidagi harflarga o’xshatib tasvirlash usulidir. Misol: Dahr muqayyad bila ozodasi, Barcha erur “kof” ila “nun” zodasi. Baytda arab tilidagi “kof” va “nun” harflari qatnashgan. Dahr muqayyad bila ozodasi, Barcha erur “kof” ila “nun” zodasi. Baytda arab alifbosidagi “kof” va “nun” harflari qo’llangan. Bobur she’riyatining kamoloti badiiy san’atlardan foydalanish mahorati bilan chambarchas bo’gliqdir. Buni uning ruboiylarida qo’llangan badiiy-tasviriy vositalar isbotlab turibdi. Shoir badiiy san’atlarni o’z o’rnida qoyilmaqom tarzda ishlatganki, biz ularni yuqorida ko’rib o’tdik va hayratlandik. Bobur so’zga sayqal berishda mohir,uslubi ravon, ohang yaratish va vazn tanlashda zukko ijodkorligini o’z asarlari bilan isbotladi. Uning umri sarson-sargardonlikda, talotuplarda o’tganligini hisobga olsak, badiiy ijod bilan shug’ullanish uchun qanday vaqt topganliga hayron qolasiz. Bu shoirning adabiyotni, ijodni, xalqni, yurtni,vatanni sevganligi bilan izohlanadi. Bobur ijodi har tomonlama tadqiqot qilinsa ham mohiyatining yangi qirralari yana ham ochilib boraveradi. She’rlarining ma’nolari teran va yetuk ekanligi namoyon bo’laveradi. Shuning uchun ham minnatdor avlodlar qalbida mangu yashashga haqlidir. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling