Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Farmatsevtik eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (erituvchilar)


Download 323.45 Kb.
bet39/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Farmatsevtik eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (erituvchilar).
Me’yoriy hujjatlarga binoan, farmatsevtik eritmalarni tayyorlashda erituvchi sifatida asosan tozalangan suv, o‘simlik moylari va etiloleat ishlatiladi. Yomon eriydigan moddalarning eruvchanligini yaxshilash va turg‘unligini oshirish maqsadida yordamchi erituvchilar sifatida spirt, glitserin, propilenglikol, PEO-4000, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqalar ishlatiladi.
Erituvchilarga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:

  • tiniq, toza, barqaror;

  • kimyoviy va farmakologik jihatdan indifferent;

  • apirogen, zaharsiz;

  • arzon, mahalliy bo‘lishi kerak.

Bulardan tashqari quyidagi o‘ziga xos talablar ham qo‘yiladi:

  • yuqori erituvchanlik xossasiga;

  • noxush hid va ta’mga ega bo‘lmasligi;

  • uchuvchan va yong‘indan havfli;

  • mikroorganizmlar yashashi va ko‘payishi uchun sharoit yaratmasligi kerak.

In’eksiya uchun ishlatiladigan dorilarda erituvchining ta’sir etuvchi modda miqdoridan bir necha marta ortiqligi, uning zaharlilik ko‘rsatkichi dori moddaning zaharliligidan bir necha marta kam bo‘lishini taqozo etadi. Shuningdek farmatsevtik amaliyotda ishlatiladigan erituvchilar quyidagi asosiy hususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
Fizik xususiyatlari. Erituvchining qo‘zg‘aluvchanligi katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u harorat ta’sirida o‘zgarmasligi kerak. Muzlash harorati -50C dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Tiniqligi. Erituvchi qanchalik tiniq bo‘lsa, undan tayyorlangan eritma ham shunchalik tiniq bo‘ladi. Eritmaning tiniqligi esa dori vositasining sifatini belgilashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Qaynash harorati. Erituvchining qaynash harorati +1000C dan yuqori bo‘lgani ma’qul. Bu ulardan tayyorlangan eritmalarni sterillashda ancha qo‘l keladi.
Osmotik bosimi. Dori moddasini to‘qima membranasidan tez va oson, shuningdek to‘laqonli o‘tishi uchun erituvchi yetarli darajada osmotik bosim hosil qila oladigan darajada bo‘lishi kerak.
Qovushqoqligi. Erituvchining qovushqoqligi dori moddasining erishi, eritmani suzish, ampula yoki flakonlarga quyish jarayonlarini sekinlashtiradi. Biroq organizmda dori moddasining so‘rilishini sekinlashtirganligi sababli ularni ta’sirini uzaytiradi.
Eruvchanligi. Bu hususiyati bo‘yicha erituvchilar gidrofil va gidrofobga bo‘linadi. Ko‘p hollarda erituvchilarning aralashmasidan foydalaniladi. Gidrofil erituvchilarga butilenglikol, glitserin, glikofurol, glitseroformal, dimetilatsetamid, solketal, metilatsetamid, propilenglikol, polietilenglikol, izopropil spirti, sulfolanlar; gidrofoblarga esa benzilbenzoat, izopropilmiristat, o‘simlik moylari, benzil spirti, etiloleat va boshqa erituvchilar kiradi.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling