Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Suspenziyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish


Download 323.45 Kb.
bet47/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Suspenziyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
Suspenziyalar quyuq dori shakli bo‘lib, ular o‘z tarkibidagi dispers muhitda dispers faza sifatida bir tekis taqsimlangan bir yoki bir nechta maydalangan, kukunsimon dori moddalarini saqlaydi. Parenteral yo‘l bilan ishlatiladigan suspenziyalar faqat muskul orasiga yuboriladi. Ular “In’eksion eritmalar” ga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi kerak, agar xususiy farmakopeya maqolasida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa.
Suspenziyalar tayyor yoki yarim mahsulot (suspenziya tayyorlashga mo‘ljallangan kukun yoki granula) ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin, qaysiki ishlatishdan oldin xususiy farmakopeya maqolasida ko‘rsatilgan suv yoki boshqa erituvchida eritish mumkin bo‘lgan.
Suspenziyalar tayyorlashda yordamchi modda sifatida dispers muhit qovushqoqligini oshiruvchi sirt faol moddalar, bufer tabiatli moddalar, har xil korrigentlar, konservantlar, antioksidantlar, bo‘yovchi moddalar va boshqa tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruhsat berilgan moddalardan foydalaniladi. Bu yordamchi moddalar ro‘yhati suspenziya uchun tuzilgan xususiy farmakopeya maqolasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Zaharli moddalardan suspenziyalar tayyorlash mumkin emas.
1 g (ml) suspenziya tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdorining chetlanishi ±10% dan ortmasligi kerak.
Suspenziyalar ishlatishdan oldin 1-2 daqiqa davomida chayqatiladi. Bunda qattiq faza zarrachalarining suyuq dispers muhitda bir tekis taqsimlanishini nazorat qilish lozim. Suspenziyalarning sedimentatsion turg‘unligi yoki qattiq faza zarrachalarining o‘lchamlari xususiy farmakopeya maqolasida keltirilgan bo‘lishi kerak.
Yarim mahsulot sifatida chiqarilgan kukun yoki granulalardan suspenziyalar tayyordashda suv yoki boshqa erituvchi bilan chayqatilgandan so‘ng qancha vaqt saqlanishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Suspenziyalarning barchasida “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” degan yozuv bo‘lishi shart. Suspenziyalar ularni turg‘unligini saqlanish davomida to‘liq ta’minlay oladigan idishlarga qadoqlanadi va salqin joyda saqlanadi.
Suspenziyalarning afzalliklari:

  • umuman hech qanday erituvchida erimaydigan dori moddalardan ham ularning maydalik darajasini oshirish bilan, suyuq dispers muhitda bir xilda tekis taqsimlanishini ta’minlab, kukun va tabletkalarga nisbatan yuqori terapevtik samaradorlikni namoyon qiladigan dori shaklini olish mumkin.

  • suspenziya ko‘rinishidagi dori moddalari oddiy eritmalarga nisbatan qaysidir ma’noda ta’siri uzaytirilgan dori shakli hisoblanadi, masalan rux insulin suspenziyasi bu jihatdan alohida e’tiborga loyiq, sababi oddiy insulin eritmasi 6 soat ta’sir qilsa, rux insulin suspenziyasi esa 24-36 soatgacha ta’sir qilishi mumkin.

Suspenziyalarni tindirish natijasida og‘ir modda idish tubiga cho‘kadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho‘kish jarayoni sedimentatsiya deyiladi. Bu xodisani barcha suspenziyalarda kuzatish mumkin. Biroq barcha suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi har xil bo‘ladi. Suspenziyalarning cho‘kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bog‘liq. Agar t vaqt ichida zarrachaning bosgan yo‘li H bo‘lsa, sedimentatsiya tezligi

Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning qovushqoqligi va zichligi o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

bunda r - zarrachalar radiusi
η - dispersion muhitning qovushqoqligi,
v - cho‘kish tezligi,
D - zarrachaning solishtirma og‘irligi,
d - dispersion muhitning solishtirma og‘irligi,
g - og‘irlik kuchi tezlanishi.
Sedimentatsiya tezligining dispersion muhit qovushqoqligiga teskari proporsional ekanligi tenglamadan ko‘rinib turibdi. Bir xil dispersion muhitda bo‘lgan turli modda suspenziyalarining sedimentatsiya tezligi o‘sha dispers fazaning radiusi kvadratiga, dispers faza va dispersion muhit moddalarining zichliklari ayrimasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Avval yirik zarrachalar, undan keyin esa mayda zarrachalar cho‘kadi. Albatta D>d bo‘lgan hollardagina cho‘kish kuzatiladi. Agar DSedimentatsiya tezligini aniqlash uchun N.A.Figurovskiyning sedimentator deb ataladigan asbobidan foydalaniladi. Buning uchun suspenziya ichiga joylashgan pallachaga t vaqt ichida cho‘kkan modda og‘irligi g aniqlanadi. Absissalar o‘qiga t ni, ordinatalar o‘qiga esa g ni qo‘yib sedimentatsiya diagrammasi hosil qilinadi. Sedimentatsiya diagrammasining chiziqlari turli suspenziyalar uchun turlicha bo‘ladi. Bu chiziqlardan foydalanib, suspenziyadagi zarrachalarning o‘rtacha radiuslarini aniqlash mumkin. Shuningdek, agar suspenziya polidispers bo‘lsa, sedimentatsiya diagrammasidan foydalanib, suspenziyaning qancha foizi qanday disperslikka ega ekanligi hamda suspenziya fraksiyalarining nisbiy miqdorlarini aniqlay olamiz.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling