Emulsiyalarning molekulyar kinetik xossalari.
Dispers tizimlarning boshqa ko‘rinishlaridagi kabi yuqori disperslikka ega bo‘lgan emulsiyalarning suyultirilgan eritmalarida ham broun harakati kuzatiladi. Dispers faza va dispersion muhit moddalarining zichliklari orasida farq bo‘lishiga qarab, emulsiyaning yirik tomchilari suyuqlik sirtiga qalqib chiqadi yoki idish tubiga cho‘kadi. Emulsiya sferik tomchilarining cho‘kish tezligi φ uchun V.Ribchinskiy va I.Gadamard quyidagi tenglamani taklif qilganlar:
bunda r - tomchi radiusi,
d1 - dispers faza moddasining zichligi,
d0 –dispersion muhit moddasining zichligi,
η1-dispers faza moddasining qovushqoqligi,
η0- dispersion muhit moddasining qovushqoqligi.
Bu tenglama hamma vaqt tajribada tasdiqlanavermaydi. Buning sababi, fazalar orasida o‘ziga xos mexanik xossalarga ega bo‘lgan uchinchi qavat hosil bo‘lishi mumkin.
Emulsiyalarni olish usullari.
Boshqa dispers tizimlar singari, emulsiyalar ham dispergatsiya va kondensatsiya usullari bilan olinadi. Dispergatsiya usuli qo‘llanilganda qanday tipdagi emulsiya hosil bo‘lishi fazalarning aralashtirish tartibiga, ularning tabiatiga, emulgatorni qo‘shish usuliga va emulsiyani tayyorlash texnikasiga bog‘liq. M/S emulsiyasida fazalari bir-biriga quyidagi tartibda qo‘shilganda hosil bo‘ladi: avval emulgator suvda yoki “moyda” eritiladi, so‘ngra emulgator qo‘shilgan oz-ozdan “moy”qo‘shib boriladi. S/M emulsiyasini hosil qilish uchun emulgator qo‘shilgan “moy” ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv solinadi. Albatta bu usuldan faqat dispers faza konsentratsiyasi kichik bo‘lgan emulsiyalar olishda foydalaniladi. Aks holda emulsiya fazalarining almashinish hodisasi ro‘y berishi mumkin.
Sovun yordamida emulsiya olish uchun zaruriy yog‘ kislotasini moyda eritib, bu eritma ishqorning suvdagi eritmasi bilan aralashtiriladi. Bunda sovun hosil bo‘lish reaksiyasi fazalar sirtida sodir bo‘ladi. O‘zaro qo‘shiladigan moddalarning miqdorlari orasidagi nisbatga qarab bu usul yordamida M/S yoki S/M tipidagi emulsiyalar tayyorlash mumkin. Emulsiya tayyorlash uchun ikkita suyuqlik maxsus konstruksiyali asboblarda aralashtiriladi. Eng oddiy konstruksiyadagi asbobda bir suyuqlikka ma’lum bir tezlikda ikkinchi suyuqlik oqimi yuboriladi. Bu ishni unumli bajarishda suyuqlik oqimining tezligi kritik tezlikdan past bo‘lsa, hech qanday emulsiya hosil bo‘lmaydi. Sanoatda va laboratoriyada fazalarni bir-biriga qo‘shish turli ko‘rinishdagi aralashtirgichi bor apparatlarda bajariladi. Lekin bu usul yordamida yuqori konsentratsiyali emulsiyalar hosil qilib bo‘lmaydi. Bu maqsad uchun kolloid tegirmonlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |