Farmatsevtik eritmalarni sanoat miqyoida ishlab chiqarish
Dispers tizimlar – eritmalar, kolloid eritmalar va dag‘al dispers tizimlarga bo‘linadi. Dag‘al dispers tizimlarda dispers faza zarrachalarining o‘lchami 100 nm yoki 100 mkm dan katta bo‘ladi. Dispers faza va dispers muhitning agregat holatiga qarab, dag‘al dispers tizimlar (xuddi kolloid eritmalarga o‘xshab) bir necha xil bo‘ladi.
Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi:
Suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas, ular yorug‘lik nurini tarqatib yuboradi. Ular hamma vaqt loyqa va polidipers holda bo‘ladi. Ular sedimentatsion jihatdan barqaror emas.
Suspenziya bilan emulsiya 2 va 3 qavatga bo‘linishi va ularning tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biridan ajralishi mumkin. Dispers tizimlarning bu xossalaridan foydalanib, sanoatda bir modda boshqa moddadan ajratib olinadi.
Emulsiyalar va supenziyalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (emulgatorlar va stabilizatorlar)
Efir moyi deb o‘simliklardan suv bug‘i yordamida haydab olinadigan, o‘ziga xos xid va mazaga ega bo‘lgan, uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.
Efir moylari rangsiz, ba’zan turli rangda (yashil, och sariq, to‘q-ko‘k, qizil, qo‘ng‘ir) bo‘lib, zichligi suvdan engil, ba’zan og‘ir bo‘lishi mumkin (0,8-1,182). Efir moylari neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega. Ular sovutilganda kristall qismi (stearopten) ajralib chiqadi, qolgan qismi suyuq qismi hisoblanadi (eleopten). Qaynash harorati 160-2400C.
Efir moylari tarkibida 500 ga yaqin komponentlarni saqlagan holda 200 ga yaqin organik moddalar aralashmasidan iborat bo‘lib (bu umumiy massaning 80% ni tashkil qiladi), ular o‘z tarkibida to‘yingan va to‘yinmagan birikmalar, alifatik, siklik va aromatik uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, yog‘ kislotalari, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar, tarkibida azot va oltingugurt saqlagan boshqa organik moddalarni saqlaydi. Masalan, yalpiz moyi 100 ga yaqin komonentlardan (mentol, menton, mentilatseton va sineol), lavanda moyi esa 160 ga yaqin komponentlardan (linalol spirtining murakkab efirlari, sirka, moy, valerian va kapron kabi organik kislotalar) tashkil topgan. Tarkibida kislorod bo‘lgan birikmalar efir moylariga xushbo‘y hid beradi, seskviterpenlar esa efir moylarini yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyalarni tashkil qiladi.
Efir moyining miqdori o‘simliklardan 0,001-20% gacha bo‘lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o‘simlikning o‘sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga va naviga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, fialka gullari 0,004% gacha, atirgul gullari 0,07-0,1% gacha, tmin urug‘i 3-7% gacha, chinnigul butoni 20-22% gacha efir moylari saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |