Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etil spirti.
Erituvchilar tasnifi.
Erituvchi molekulalari bilan ionlarni o‘zaro bog‘liqligi vodorod bog‘larining hosil bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan erituvchilar quyidagi 5 guruhga bo‘linadi. Uch o‘lchamli vodorod bog‘larini hosil qiluvchi suyuq erituvchilar (chumoli kislotasi, glikol va boshq.). Ikki o‘lchamli vodorod bog‘larini hosil qiluvchi suyuq erituvchilar. Ular qoidaga ko‘ra bitta OH guruhini saqlaydi (fenollar, bir atomli spirtlar, chumoli kislotasidan tashqari bir asosli quyi karbon kislotalari va boshq.). Tarkibida elektromanfiy azot, kislorod, oltingugurt, ftor atomlarini saqlaydigan vodorod bog‘larini hosil bo‘lishida ishtirok etadigan erituvchilar (efirlar, tioefirlar, aminlar, ketonlar, aldegidlar va boshq.). Molekulasida vodorod atomini saqlaydigan, vodorod bog‘larini hosil qilishi mumkin bo‘lgan, biroq protonlar akseptori bo‘lgan atom saqlamagan erituvchilar (xloroform, dixloretan va boshq.). Oddiy holatlarda o‘z molekulasida donor sifatida ham, proton akseptori sifatida ham vodorod bog‘larini hosil qilmaydigan erituvchilar (uglevodlar, uglerod IV xlorid va boshq.). Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra erituvchilarni tasniflanishi. Noorganik erituvchilar (tozalangan suv). Organik erituvchilar (uglevodorodlar va ularni galogenlar bilan hosil qilgan hosilalari, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, ketonlar, nitrobirikmalar va boshq.). Tabiati bo‘yicha tasniflanishi. Suvli erituvchilar (tozalangan suv). Suvsiz erituvchilar. Kombinirlangan erituvchilar. Tozalangan suv – tabiiy, eritmalar tayyorlashda 68% holatlarda erituvchi sifatida ishlatiladi. Spirtlar Bir atomli va ko‘p atomli bo‘lib, suv bilan yaxshi aralashadi, suvda yomon eriydigan moddalarning eruvchanligini oshiradi. Lekin bularni ishlatishda oksidlovchilar ishtirokida zaharli aldegid, kislota va efirlar hosil bo‘lishini hisobga olish kerak. Etil spirti. Etil spirti digitoksin, digoksin, selanid, strofantin, konvallotoksin, erizimin kabi suvda erimaydigan moddalarni eritish maqsadida 2-50% gacha eritmaga qo‘shiladi, so‘ng suv bilan kerakli hajmgacha suyultiriladi. Propilenglikol. Bu ikki atomli spirt bo‘lib, tiniq, rangsiz suyuqlik, xona haroratida barqaror, lekin 1400C dan yuqori haroratda propion aldegidi, sut, uzum va sirka kislotalarigacha oksidlanishi mumkin. Shuning uchun uni 1400C da 3 soatdan ortiq sterillash mumkin emas. Propilenglikol nisbatan kam zaharli bo‘lib organizmdan tez chiqib ketadi. U yordamchi erituvchi va turg‘unlashtiruvchi sifatida suv va etil spirti eritmalariga 40-70% qo‘shilishi mumkin. Masalan, propilenglikol boshqa spirtlar bilan birgalikda antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar, alkaloid asoslarini, A va D vitaminlarning erishini ta’minlaydi va turg‘un eritma hosil qiladi. Masalan, eritromitsinning suvli eritmasiga va lantozidga 40% propilenglikol qo‘shiladi. Xinidin gidroxlorid eritmasi esa 100% propilenglikolda tayyorlanadi. 50% gacha propilenglikol saqlagan eritmalar venaga, undan ortiq saqlaganlari esa mushakka yuborilishi mumkin. Glitserin. Bu uch atomli spirt bo‘lib, u gigroskopik xossaga ega, havodan 40% gacha suvni shimib olishi mumkin. Tibbiyotda ishlatiladigan glitserin 13% suv saqlaydi. 1500C da bir soat sterillanadi. Glitserin suvli va spirtli eritmalarga qo‘shimcha erituvchi sifatida 30% gacha qo‘shiladi. Horijiy davlatlarda u levomitsetin, gidrokortizon, glyukoza, fenobarbital va morfinlarni in’eksion eritmalarining tarkibiga kiradi. Bizda selanid, mezaton, viprokainlarni erishini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi. Glitserin dorilarni organizmda tez so‘rilishga yordam beradi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling