Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Download 323.45 Kb.
bet52/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

«Qo‘ziqorin» suzgichi. Korxona sharoitida ko‘pincha qanday qurilma talab etmaydigan va vakuum sharoitida ishlaydigan «qo‘ziqorin» suzgichidan foydalaniladi. U ketma-ket joylashtirilgan bir necha suzgich matolaridan tashkil topgan bo‘lib, tayyorlash va ishlatish arzon va qulaydir. Qavatlar soni va qaysi matolar ishlatilishi suzilishi lozim bo‘lgan suyuqlik xususiyati va qanday madsadda ishlatilishiga bog‘liq.
Suzgich ishlatishdan oldin 1— 2 soat davomida distillangan suv bilan yuviladi. Shundagina in’eksiya uchun ishlatiladigan suyuqlikni suzish mumkin. «Qo‘ziqorin» suzgichidan hajmi katta bo‘lmagan eritmalarni tozalashda foydalanish maqsadga muvofiq.
Suzish uchun ishlatiladigan doka, belting eritma pH ini ishqoriy tomonga 1 gacha, kapron, ipak esa nordon tomonga 0,6 gacha so‘rishi mumkin. Shuning uchun bu matolarni ishlatganda eritma pH ni hisobga olmoq lozim.
Bakterial suzgichlar. Yuqorida qayd etilgan suzgichlar diametri 5—10 mikrondan kichik zarrachalarni ushlab qola olmaydi. Undan tashsari, eritma pH ning uzgarishi preparat turg‘unligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun betaraf moddalardan tayorlangan metallokeramik va asbotsement mikrosuzgichlardan foydalanish matssadga muvofiq. Misol: nikel, karbonil, titanli tanadan taiyorlangan suzgich 5 mikrongacha kattalikdagi zarrachalarni ushlab qolish qobiliyatiga ega. Shunday maqsadda 1914 yilda Germaniyada Zeys asbest va sellyuloza aralashmasidan iborat suzgich taklif qildi. 1929 yilda esa Germaniyadagi Sartorius firmasi membranali suzgich ishlab chiqaradi. Keyinchalik har xil sellyuloza efirlaridan, politetraftoretan, polivinilxlorid, neylon va shunga o’xshash sun’iy usulda olingan betaraf moddalardan tayorlangan suzgichlar sanoat miqyosida ishlatila boshlandi.
MDH mamlakatlari sanoatida «Vladipor» membranali suzgichlarini Vladimir shahrida sun’iy tolalar ilmiy-tekshirish oliygohi (VNIIF) ishlab chiqarishni yo’lga qo‘ygan.
Ishlab chiqarish unumdorligi va ishlatilishi bo’yicha bunday suzgichlar 4 xil bo‘ladi.
I.V.Besedina va O.I.Belova 1974 yilda polipropilendan taxtakachlash yo’li bilan olingan suzgichni ishlatishni taklif qildilar. Bu suzgich 5—8 mkm zarrachalarni ushlab qolish imkoniyatiga ega.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling