Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Kubni Rittenger nazariyasi bo’yicha maydalash


Download 323.45 Kb.
bet7/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Kubni Rittenger nazariyasi bo’yicha maydalash
Agar n/3 bo’lsa 27 ta, n/4 bo’lsa 64 ta yangi mayda kublar olish mumkin. Demak, maydalash uchun sarflanayotgan ish, maydalash darajasiga to’g’ri proporsional ekan.

Shundan maydalash uchun sarf bo’lgan ish materialning maydalanish ko’rsatgichiga yoki yangi hosilbo’lgan yuzaga proporsionaldir.
1874 yilda V.N.Kirpichev 1885 yilda esa F.Kika o’zlariningmaydalashga doir nazariyalarini ilgari surdilar. Unga ko’ra maydalash jarayonidagi ish, maydalanayotgan bo’lak hajmiga to’g’ri proporsionaldir. U quyidagi tenglama bo’yicha ifodalandi va Kik-Kirpichev tenglamasi deb ataldi:

Shuningdek Bond ham o’zining nazariyasini ilgari surdi, unga ko’ra maydalash jarayonidagi ish, hajm va yuzalarning o’rtacha geometrik qiymatiga to’g’ri proporsionaldir:

Хom ashyolarni kesib maydalashdan maqsad, ularga zarur shakl, o’lcham va yuzalarni sifatli qilib ta’minlashdir. Materiallarni kesish davomida chegaraviy qatlam buziladi, natijada material bo’laklarga ajraladi. Material parchalanishdan avval elastik va qayishqoq deformatsiyalarga duch keladi. Ushbu deformatsiyalar kesuvchi asbobga ko’rsatilayotgan ma’lum kuch ta’sirida hosil bo’ladi. Тa’sir etayotgan kuchlanish materialning vaqtincha qarshiligiga teng bo’lgan holdagina materialning parchalanishi boshlanadi.
Shunday kilib,ishning hajmiy teoriyasiga asosan maydalash jismhajmiga proporsional,ta’sir etuvchi kuchlar bu jismlar yuzasiga proporsionaldir.
Тajribalar shuni ko’rsatdiki, maydalash jarayonidagi bu nazariyalar bo’layotgan hodisalarni to’liq yoritmaydi. V.A.Bauman va boshqalarning ishlari,Kik-Kirpichev nazariyasi yirik va o’rtacha bo’laklarga bo’lib maydalashga mos keladi(ezish va zarb), Rittengerning yuza haqidagi nazariyasi esa mayda va yupqa maydalashda ko’prok ishlatilishini ko’rsatdi.
Ammo har ikkala nazariyaham va ulardan keyingilariniham maydalash turlari va maydalash asbob-uskunalari uchun qo’llab bo’lmaydi degan xulosaga kelish mumkin. Bu qarashni fizik-kimyoviy mexanikaning asoschisiP.A.Rebinder yuqoridagi nazariyalar haqikatga yakin va ular Rittenger va Kik-Kirpichev taxmini orasida turadi deb izohladi. Natijada P.A.Rebinder nazariyasi yuzaga keldi.
Bu nazariyaga binoan jismni maydalash uchun sarflanadigan ish,ya’ni yuza hosil bo’lishi uchun sarflangan energiya vamaydalanadigan materialning hajmlarini yig’indisiga tengdir:

bu yerda:


A - maydalash ishi;
G2 - taranglikni yenguvchi kattalik;
∆F - yangidan hosil bo’lgan yuza;
K - proporsionallik koeffitsiyenti;
V - maydalanadigan jism hajmi;
Ye - maydalanayotgan jismning taranglik ko’rsatkichi.
Yuqorida keltirilgan tenglamadagi birinchi a’zo materialni maydalaganda yangi yuza hosil bo’lishiga sarf bo’lgan energiyani aks ettiradi. Ikkinchisi esa deformatsiya energiyasini bildiradi.
Shunday kilib, maydalashga sarf bo’lgan ish hosil bo’lgan yuzaga va maydalanayotgan material hajmiga proporsional. Bu sun’iy taxmin haqiqatdan ham haqqoniydir, chunki material bir martada emas, balki bir necha martada maydalanadi. Shunisi ajablanarliki, bo’laklarga bo’lishning birinchi boskichida, ya’ni yirik maydalashda asosiy ish materialni deformatsiyalashga sarf bo’ladi. Yangi yuzalar keyinroqoz-ozdanhosilbo’ladi. Shundan kelib chiqib albatta tenglamadagi ikkinchi a’zo kichik ko’rsatgichga ega bo’ladi.
Energiyaning sarflanishi material zarrachalari o’lchami kamayishi bilan ortadi. Shu sababli energiyani bexuda sarfini olish maqsadida bo’laklarga bo’lishda material zarrachalarining o’lchamini qay darajada bo’lishi lozimligini oldindan bilish maqsadga muvofiqbo’ladi. Bo’laklarga bo’lishning asosiy shiori “Хech kancha ortiqcha bo’laklarga bo’lmaslik” dir.
Energiya sarfini kamaytirish maqsadida maydalangan materialni uzluksiz holda maydalash jarayonidan olib turishga to’g’ri keladi.
Sarf bo’lgan energiyaning miqdorini tajriba yo’li bilan materialning xossasidan va maydalanish darajasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling