Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Maydalash usullari va ularning tasnifi


Download 323.45 Kb.
bet8/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Maydalash usullari va ularning tasnifi
Bugungi kunda farmatsevtik materiallarni maydalashda turli konstruksiyadagi asbob-uskunalar qo’llanilib kelinmoqda.
Mexaniq ta’sirni o’rganishdagi izlanishlar asosan bo’lak kattaligi va materialning qattiqligigabog’liqdir.Ko’pincha muayan maydalash uchun turli kuchlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Masalan, ezish, ishqalash, zarb berish va h.k.

Maydalash usullari: a – ezish; b – yorish; v – sindirish; g – qirqish;
d – arralash; ye – ishqalanish; j –yanchish; z – urish.

Maydalash jarayoni maydalash ko’rsatkichi i bilan tavsiflanadi, ya’ni material bo’lagining o’lchamini maydalangunga qadaro’lchamini (D) maydalangandan keyingi o’lchamiga (d) nisbati bilan tavsiflanadi:



Material bo’laklari maydalangunga qadar va keyin simmetrik shaklga ega bo’lmaydi, ularning o’lchami qattiq sochiluvchan materialni elashda qo’llanilgan elak o’lchami bilan aniqlanadi.
Materialningo’lchami oralig’inianiqlashda elaklar to’plamidan elab bir necha fraksiyagabo’linadi. Ҳar bir fraksiyadan o’rtacha o’lchamini o’lchab o’lchamlarning maksimal dmaxva minimal dminbo’laklari aniqlanadi:

Amaliy jihatdan kukun o’lchami uni o’tkazilgan elak teshiklari o’lchami bilan aniqlanadi.Minimal bo’laklar o’lchami esa elaklarda qolgan kukun o’lchami bilan aniqlanadi. Aralashmadagi bo’laklarning o’rtacha o’lchami quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:

bu yerda, d - har bir fraksiya bo’laklarining o’rtacha o’lchami
a - har bir fraksiya mikdori, %
Yuqoridagi usulda aniqlangan maydalashgacha bo’lganbo’laklar o’lchami va maydalashdan keyingi o’lchami maydalash ko’rsatgichini aniqlashdagi formulada qo’llaniladi.
Maydalashdan oldingi va keyingi bo’laklar o’lchamiga qarab maydalash ikki turda ajratiladi: ezish vakukunga aylantirish.
Yirik,o’rta va mayda bo’laklarga bo’lish quruq usulda amalga oshiriladi,o’ta mayda va kolloid maydalash - quruq va nam usulda olib boriladi. Nam usulda changlanish jarayoni kamayadi va o’lchami buyicha bir xildagi zarrachalar hosilbo’ladi, shu bilan birga materialni idishdan olish osonlashadi.
Maydalash ezish, zarb, ishqalash, kizdirish va changlatish, kesish sindirish bilan amalga oshiriladi. Kukunlarni maydalik darajalarini oshirish uchun, jarayon bo’lib-bo’lib bir necha usullardan ketma–ket foydalanib amalga oshiriladi.
O’simlik xom-ashyolarini (ildizlar, poyalar, gullar va h.k.)maydalashda kesuvchi asbob–uskunalardan foydalaniladi.
Yirik va o’rtacha maydalashlarda ezish va o’ta maydalashlarda ishqalash usullaridan foydalaniladi.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling