2-jadval
Хom-ashyo yoki materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chikib maydalash usullarini tanlanishi
t/r
|
Хom-ashyo yoki material fizik-kimyoviy xususiyatlari
|
Maydalash usullari
|
1.
|
Qattiq va sinuvchan
|
Ezish va zarb
|
2.
|
Qattiq va yopishkok
|
Ezish va yanchish
|
3.
|
Sinuvchan,o’rtacha qattiq
|
Zarb,kizdirish va ishqalash
|
4.
|
Yopishkok,o’rtacha qattiq
|
Ishqalash yoki ishqalash va zarb,yanchish
|
Maydalash asosan ikki xil – ochiq yoki yopiq sikllarda amalga oshiriladi.
Agarda maydalash jarayoni birinchi siklda amalga oshirilsa,xom-ashyo maydalagichdan faqat bir marta o’tadi. Ikkinchi, ya’ni yopiqsiklda olib borilsa xom-ashyo maydalagichdan bir necha marotaba o’tadi, ya’ni xom ashyoning maydalanmay qolgan qismi qaytadan maydalanadi.
Yopik siklda xomashyo maydalanganda agregatning samaradorligi ortadi va ko’prok bir xil o’lchamdagi xom-ashyo olinadi.
Ayrim hollarda, metarial xususiyatlariga qarab, ultratovush, gidravlik zarba to’lqini, yuqori va past haroratlarni keskin almashtirish, elektrogidravlik zarba, bosimni keskin o’zgartirish, yuqori haroratda qizdirish usullarini ham qo’llagan holda maydalash jarayonlarini amalga oshirish mumkin.
Maydalashda qo’llaniladigan asbob–uskunalar urib yoki ezib maydalovchilar vakesib yoki qirqib maydalovchilargabo’linadi. Urib yoki ezib maydalovchi asboblar ko’prok xom ashyolarni mayda va o’ta mayda darajalargacha maydalaydi, kesib yoki qirqib maydalovchilar yirik, o’rta va mayda darajalargacha maydalash uchun qo’llaniladi. Shuni ham alohida aytib utish lozimki, bu tasnif shartlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |