Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Yordamchi moddalar dori turining maqsadiga mos kelishi zarur


Download 323.45 Kb.
bet12/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Yordamchi moddalar dori turining maqsadiga mos kelishi zarur. Surtma dorilar uchun asoslar surtilish xususiyatiga ega bo’lib, surtilgan a’zodan sirg’alib tushib ketmasligi kerak. Shamchalar uchun asoslarning erish xarorati 37 °S va xona xaroratida qattiq bo’lishi lozim. Erituvchilar dori preparatini faqat eritishi, u bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi kerak.
Yordamchi moddalar dori preparati bilan mutanosib bo’lishi shart. Dori preparatlarida nomutanosiblik uch turga bo’linadi.
1. Fizik nomutanosiblik, bunda dori turida o’zgarish - namlanib qolish, erimaslik, aralashmaslik singari holatlarda namoyon bo’ladi.
2. Kimyoviy nomutanosiblik - dori preparat bilan yordamchi modda o’rtasida yoki dori preparat bilan boshqa dori preparati o’rtasida kimyoviy reaksiya ketishi mumkin.
3. Farmakologik nomutanosiblik- bunda bir dori turida bir necha ta’siri, bir biriga zid bo’lgan dori preparatlari berilganda namoyon bo’ladi. Yordamchi moddalar tanlab olinganda albatta nomutanosiblik masalasi ko’rilishi kerak. Agar yordamchi modda dori preparati bilan nomutanosib bo’lsa, unda yo dorisifatsiz tayyorlanadi, yo mo’ljallangan dori turi hosil bo’lmasligi yoki eng xavflisi zararli moddalar hosil bo’lsa, nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Yordamchi modda biologik nuktai nazardan zararsiz bo’lishi kerak.
Ular dori preparatiga xam, inson organizmiga xam zararsiz bo’lishi kerak. Shuning uchun hozirgi kunda, xar bir yangi yordamchi modda yoki ishlatilayotgan yordamchi modda yangi dori preparati bilan birgalikda kuyidagi bandlar bo’yicha tekshirilgandan so’ng ko’llanishga ruxsat beriladi:
1.Mutagenlik - yordamchi moddaning ta’siri;
2. Тeratogenlik - onkologik kasalliklarga sabab bo’lmasligi;
3. Zaxarlilik - zaxarli bo’lmasligi;
4. Allergiya chaqirmasligi kilmasligi;
Yordamchi moddalar iktisodiy nuktai nazardan arzon, yetarli bo’lishi kerak.
Ko’pincha yordamchi modda sifatida oziq-ovqat sanoati chiqindilari yog’ ishlab chiqarish, un ishlab chiqarish, teri-ko’nchilik, paxtani qayta ishlash sanoati chiqindilari qayta ishlab so’ng ishlatiladi. Bular arzonga tushadi. Neftni qayta ishlaganda ham ko’pgina chiqindilar chiqadi, bularni qayta ishlash natijasida farmatsevtika sanoati uchun zarur bo’lgan yordamchi moddalar olish mumkin (vazelin, vazelin moyi va x. k). Yuqorida sanab o’tgan chiqindi mahsulotlar yetarli miqdorda bor va chiqindi bo’lgani uchun juda arzonga tushadi. Ҳozirgi kunda oziq-ovqatmahsulotlari o’rniga ularning vazifasini bajaradigan boshqa mahsulotlardan foydalanish keng yo’lga ko’yilgan. Masalan: o’simlik moylari, mol, qo’y go’shti va boshka oziq-ovqatda ishlatilmaydigan yog’-moy sanoati chiqindilari, sintetik moddalardan keng foydalanilmokda.

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling