Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Download 323.45 Kb.
bet20/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Jelatina – CAS № 9000-70-8. Jelatina (lotincha “gelare” – “qotmoq, qotib qolmoq”) kollagenning qisman gidrolizidan hosil bo’lgan mahsulot, u oqsil tabiatiga ega, bog’lovchi to’qimalarning asosiy qismini tashkil etadi. Ҳayvonlarning teri, pay, shox, suyak hamda tuyoqlarida ko’p miqdorda uchraydi. Dunyo miqyosida jelatina xom ashyosi asosan Ғarbiy Yevropada ishlab chiqariladi.

  • Jelatinaning asosini inson organizmi uchun zarur bo’lgan, almashtirib bo’lmaydigan, 19 ta aminokislotadan tashkil topgan polipeptid zanjir; glycin 21,5 - 30% gacha, prolin 12%, hydroxyprolin 12%, glutam kislotasi 10%, alanin 9%, arginin 8%, aspargin kislotasi 6%, lysin 4%, serin 4%, leucin 3%, valyn 2%, phenylalanin 2%, treonin 2%, isoleucin 1%, hydroxylysin 1%, methionin va gistidin <1% hamda tyrosin <0.5% tashkil qiladi.

  • Jelatina bezarar, hattoki me’da-ichak traktida og’ir buzilish holalarida ham tez va oson o’zlashtiriluvchanlik xususiyatiga ega.

  • Suyak va teridan kislota va ishqor ishtiroki bilan matseratsiya usulida kollagen ajratib olinadi. Kislota va ishqor kollagenni zanjir hosil qilmagan (shoxlanmagan) aminokislotalarga parchalaydi. Zanjirning uzunligiga qarab jelatinaning og’irligi 40 000 dan 100 000 gacha bo’ladi.

  • “Jelatin. Тibbiyot sanoatida ishlatish uchun xom ashyo” asosiy ko’rsatkichlari keltirilgan DSТ 11293-89 bilan tasdiqlangan.

  • Jelatina parchalanish usuliga ko’ra Jelatin A (kislotali muxitda eriydigan) va Jelatin V (ishqoriy muxitda eriydigan)ga bo’linadi. Bu ikki tur, bir-biridan fizik-kimyoviy xossalari bilan farqlanadi. Kapsula qobiqlarini hosil qilishda jelatina bilan birgalikda yana bir qancha asosiy va yordamchi xom ashyolardan foydalaniladi.

  • Plastifikatorlarkapsulaning mexanik mustaxkamligini yaxshilash, talab darajasida elastikligini hamda qattiqligini ta’minlash, shuningdek, mo’rtligini yo’qotish maqsadida jelatina massasiga qo’shiladi. Bu maqsadda eng keng qo’llaniladigan moddalar: glitserin (CAS № 56-81-5), sorbit (ТSh 64-5-17-80), PEO-400, polietilenglyukol, polipropilen, polietilensorbit (3-15%) va oksietilen (4-40%) aralashmasi, geksantropol va boshqa moddalar yoki ularning aralashmalaridir

  • Plastifikatorlarning miqdori qattiq jelatinali kapsula qobig’ining umumiy og’irligini 0,3 - 1,0%, yumshoq jelatinali kapsula qobiqlari umumiy og’irligining 20 - 45% tashkil qilishi mumkin.


  • Download 323.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling