Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
-ma’ruza. Tabletkalarni qobiqlash jarayonining ahamiyati
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тabletkalarni qobiqlashning ahamiyati.
4-ma’ruza. Tabletkalarni qobiqlash jarayonining ahamiyati. Ta’siri uzaytirilgan va kerakli a’zolarga yetib boruvchi tabletkalar. Kapsulalash jarayonining ahamiyati. Kapsulalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
Reja: Tabletkalarni qobiqlashning ahamiyati 2. Ta’siri uzaytirilgan va kerakli a’zoga yetib boruvchi tabletkalar 3. Kapsula so’zining ma’nosi. 4. Kapsulalash jarayonining ahamiyati 5.Kapsulalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar Тabletkalarni qobiqlashning ahamiyati. Тabletkalarni tashqi muhit ta’siridan (namlik, yorug’lik, quyosh nuri) saqlash, yoqimsiz ta’m va mazaga ega, tarkibida bo’yovchi xossaga ega dori moddasi saqlagan tabletkalarni organoleptik xossasini bildirmaslik, turg’unligini oshirish, tananing ma’lum qismida yoki uzoq muddat ta’sir ko’rsatishiga erishish, o’zaro bir biri bilan reaksiyaga kirishib ketadigan moddalardan tabletka olish hamda ularni estetik ko’rinishini yaxshilash maqsadida qobiq bilan qoplanadi. Тabletkalarni qobiq bilan qoplash uchun shellak, mum, titan IV oksidi, bug’doy uni, tropeolin 00, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan rang beruvchi moddalar, mineral va o’simlik yog’lari, magniy oksidi kabi moddalardan foydalaniladi. Qobiq bilan qoplash presslash, obakilash va parda hosil qilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Obakilash yo’li bilan qoplangan tabletka og’irligi qoplangungacha bo’lgan tabletka og’irligiga qaraganda 2 martagacha ko’p bo’lishi mumkin. Presslash usulida qobiq og’irligi, tabletka massasining 50-100% dan, yupqa parda bilan qoplashda esa 3% dan ortmasligi kerak. Qobiq qalinligi quyidagi tenglama bo’yicha hisoblanadi: bu yerda: L - qatlam qalinligi, m; m - qobiq og’irligi, g; ρ - qobiq zichligi, g/sm3; S - tabletkaning yuzasi, sm2. Qobiq og’irligi esa quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi: bu yerda: m1 - qobiqlanmagan tabletkalar massasi, g; m2 - qobiqlangan tabletkalar massasi, g; n - tabletkalar soni. Qobiqni qayshqoqlik xususiyatini oshirish maqsadida plastifikatorlar (vazelin moyi, kanakunjut moyi, tvin va h.k.) qo’shiladi. Aks holda qobiqlangan tabletkani tashqi ko’rinishida har xil darz ketishlar kuzatiladi. Тa’siri tezlashtirilgan tabletkalar – tarkibidagi dori moddasining ajralishi tezlashtirilgan (IR-Immediate Release) tabletkalar dir. Тa’siri uzaytirilgan – retard tabletkalar (Capsulae retard seu tabulettae cum liberatione modificata) tabletkalarning alohida guruhi bo’lib, ular tarkibdagi dori moddasining ajralib chiqish tezligi va miqdorini hamda ajralib chiqish joyini boshqarish mumkin bo’lgan ta’siri uzaytirilgan kapsulalardir. Bu maqsadda maxsus yordamchi moddalardan foydalaniladi, bu moddalar kapsula qobig’ining tarkibida yoki qobiq ichidagi dori moddasi bilan birga yoki har ikki holatda ham bo’lishi mumkin. Kapsulalar – qattiq yoki yumshoq jelatina qobiqlariga bir yoki bir nechta biologik faol moddalarni yordamchi moddalarsiz yoki yordamchi moddalar bilan xosil qilgan aralashmasi joylashtirilgan, dozalarga bo’lingan, qattiq dori turidir. Kapsula lotincha – “capsula” so’zidan olingan bo’lib, “qobiq”, “quti” degan ma’nolarni anglatadi. Kapsulalar to’g’risidagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi 1500 yillarda “Ebers papiruslarida” qayd etilganligi, Georg Ebert tomonidan aniqlangan. 1730 yilda Venetsiyalik farmatsevt De Pauli toza terpenni noxush hidi va ta’mini uni jelatin qobig’iga joylashtirish orqali yo’qotishga erishgan. 1833 yilda farmatsevtik maqsadlarda qo’llash uchun jelatina kapsulalarini tayyorlashga birinchi patent Parijda, fransuz farmatsevt talabasi François Achille Barnabe Mothes (Mote) va dorishunos Joseph Gérard Auguste Dublanc (Dyublan) tomonidan olingan. Birinchi kapsulalar simob bilan to’ldirilgan charm qopchani suyuq jelatina massasiga botirib olish usulida olingan. Charm qopchaga yopishgan yupqa qatlamli jelatina, ma’lum vaqt qurib qotgandan so’ng, simob olib tashlangan, hosil bo’lgan kapsula charm qopchadan oson ajratib olingan. Kapsulalarga dori moddalar joylashtirilib (o’sha davrlarda faqatgina dorivor suyuq moylar hamda moyli eritmalar pipetka yordamida to’ldirilgan) tirqish suyuq jelatina tomizish orqali berkitilgan. O’sha yili Mote simob to’ldirilgan charm qopchani zaytun mevasi shaklidagi metallga almashtirib, qo’shimcha patent oladi. Bu usul zamonaviylashgan ko’rinishda, bugungi kunga qadar, laboratoriya sharoitida yumshoq jelatina kapsulalarini tayyorlashda qo’llanilib kelinmoqda. Hozirgi kunda kapsulalangan dori preparatini katta miqdorda ishlab chiqaruvchi davlatlarga “Katta yettilik” davlatlari, hamda Belgiya, Janubiy Koreya, Shvetsariya, Meksika kiradi. O’zbekistonda esa bu dori turini ishlab chiqarish endigina rivojlanayotgan bosqichda bo’lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning muhim muammosi bo’lib turibdi. Bu dori turini ishlab chiqaruvchilar, bemorlar va shifokorlar orasida muhim sanalishi uni quyida keltirilgan bir qancha afzallik va kamchiliklari bilan izohlanadi. Kapsulalarning afzalliklari: dozalarga bo’linganligi; dori moddasini yorug’lik, namlik va havo ta’siridan himoyalanganligi; dori moddasining turg’unligini ta’minlanganligi; dori moddasini noxush hidi va ma’zasi maskirovka qilinganligi; estetikligi, tashqi ko’rinishini turlicha ekanligi; qabul qilishni qulayligi va osonligi; me’da-ichak tizimida bo’kishi va oson erishi; dori moddasining so’rilishini boshqarish mumkinligi; ishlab chiqarish jarayonida dori moddasi tabletkalar kabi tashqi fizik-kimyoviy ta’sirlarga uchramasligi (namlik, harorat, bosim va b.); antibiotiklardan tayyor dori vositalari ishlab chiqarishni qulayligi; bo’yovchi va havoning harakatida oson changlanadigan moddalarni kapsulag joylab, ishlab chiqarish mumkinligi; yuqori biosamaradorlikka ega ekanligi; ishlab chiqarishni to’la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi; dori vositasi ta’sirini uzaytirish imkoniyati mavjudligi. Kamchiliklari: jelatin gigroskopik modda bo’lganligi uchun ishlab chiqarish va saqlash jarayonida tashqi muhitdan namlikni o’ziga yutishi; to’g’ridan-to’g’ri jelatin va glitserin bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarni kapsulaga joylash imkoniyatini yo’qligi; behush bemorlarga berish imkoniyatini chegaralanganligi; kapsula ishlab chiqarishda maxsus avtomatlashgan va mexanizatsiyalashgan tizimlarning zarurligi; mikroorganizmlarning yashashi va ko’payishi uchun qulay muhitni yaratilganligi. Kapsula qobig’ini ishlab chiqarishda elastik plyonka (parda) hosil qiluvchi, yuqori molekulyar birikmalardan (YuMB) foydalaniladi, ulardan ma’lum darajada mexanik mustahkam bo’lishi talab etiladi. Bu sinf moddalariga kazein, zein, parafin, yog’lar va mumsimon moddalar, metilsellyuloza, etilsellyuloza, polietilen, polivinilxlorid, natriy alginat, akril kislotasining tuzlari, ayrim sintetik polimerlar (sopolmer, metakrilat va matakril kislotasi va boshqalar) kiradi. Lekin bu moddalardan kapsula qobiqlarini ishlab chiqarishda keng ko’lamda foydalanilmaydi. Bugungi kunda sanoat miqyosida dori vositalarini kapsula shaklida ishlab chiqarishda qo’llaniladigan asosiy xom ashyo jelatina (jelatinali kapsulalar) hisoblanadi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling